• Qattiq parafin
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet227/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Uglevod asoslari. Bu guruh moddalariga quyidagilar kiradi: vazelin, petrolatum, parafin, 
    serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va naftalan nefti. Vazelin (Vaselinum). Uglerod atomlar soni 
    7-35 bo’lgan suyuq, yarim suyuq va qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. 20-50% 
    mikrokristalli izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% parafinlardan tashkil 
    topgan. Vazelinning qattiq tarkibiy elementlari chigallashib uch o’lchamli tur hosil qiladi. 
    Bu tur uglevodorodlarning suyuq fraksiyasini ushlab turadi. 
    Oq vazelin oq tiniq yumshoq massa, erish temperaturasi 37°S teng. Uning alohida o’ziga 
    xos tomoni uning kuchli qovushqoq xususiyatga egaligi. Oyna plastinkasiga surtilganda tekis, 
    oqmaydigan va tekis plenka hosil qiladi. Bir xil aralashgan massa hosil bo’lishi uchun, qismlarga 
    bo’lib aralashtirish talab etiladi. 
    6
    Vazelin tashqi ko’rinishi gelga o’xshash hidsiz, oq (Vaselinum album) yoki sariq 
    (Vaselinum flavum) rangli massa. 37-50
    0
    S da suyuqlanadi. Oq va sariq vazelin davolash va 
    farmatsevtik nuqtai nazaridan bir xil qimmatga ega. Oq vazelin bo’yovchi moddalardan ko’proq 
    tozalangan. Vazelin suvda erimaydi. Spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi va har qanday 
    nisbatlarda yog’ (kanakunjut moyidan tashkari), moy va mumlar bilan aralashadi. Vazelin qanday 
    neftdan olinganiga qarab har xil suyuqlanish haroratiga ega va struktura-reologik xossasi bo’yicha 
    farq qiladi. Surtma asosi sifatida iloji boricha suyuqlanish harorati past bo’lgan vazelinni ishlatgan 
    ma’qul. Vazelin ko’zga ishlatiladigan surtmalar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Agar dorixatda 
    asos nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, vazelin ishlatiladi. Oddiy vazelindan tashqari o’ta suyuq 
    surtmalarga qattiqlik berish uchun vazelinning boshqa turi bo’lgan petrolatum ishlatiladi. U qattiq 
    konsistensiyaga ega. Suyuqlanish harorati 60
    0
    S dan yuqori.
    Qattiq parafin (Paraffinum solidum). Ushlab ko’rganda moysimon, oq kristalli massa, 
    yuqorimolekulyar to’yingan uglevodorodlardan tashqil topgan, 50-57
    0
    S da suyuqlanadi. Suv va 
    spirtda erimaydi. Efir, xloroform, yog’ va efir moylarida oson eriydi. Asoslarning konsistensiyasi 
    6
    Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
    Media».- Moskva.-2014. (760 bet)


    va erish haroratini oshirish uchun qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Issiq mamlakatlarda suzadigan 
    kema va flot dorixonalarida, subtropik dorixonalarda yilning issiq paytida oddiy asosga 10% 
    parafin yoki mum qo’shiladi. 
    Serezin (Ceresinum) rafinirlangan ozokerit bo’lib, amorf, rangsiz, sinuvchan massa. 68-
    72
    0
    S da suyuqlanadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar yoki bi-va tritsiklik naftenlardan tashqil 
    topgan. Surtma asoslariga parafindan ko’ra yaxshiroq qattiqlik beradi. Kristallanmaydigan 
    qotishma hosil qiladi. Ba’zan surtma asoslari tarkibiga smolasizlantirilgan ozokerit kiradi. U 
    mumga o’xshash sarg’ish rangga ega. Buni muzlatish yo’li bilan ajratib olish mumkin. Bu 
    aralashma tozalangandan so’ng serezinga o’xshash xossaga ega bo’ladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish