saqlaydigan emulsion surtma dorilar asoslarini olishda keng ishlatiladi. Masalan, murakkab suvli
surtma dori. Britaniya farmakopeyasidan topish mumkin. Dastlab eritma tayyorlab olinadi, 3 g
yung osti mumi spirti va 12 g parafin, 5 g vazelin va 30 g vazelin moyi olinadi: bunda korpus hosil
bo’ladi, keyin 50 ml suv bilan aralashtiriladi.
XNIXFI ning ko’rsatmasi bo’yicha (1968) yung osti mum spirti bilan surtma dorilar asoslari
shu tarkibda va xuddi shu tartibda tayyorlanadi, faqat parafin serezin bilan aralashtiriladi. Bu
surtma dori asosi ko’pgina dorivor moddalar xossalariga mos keladi (reaksiyaga kirishmaydi). Bu
spirtni saqlash jarayonida uni oksidlanishdan saqlash maqsadida qaytaruvchilar (antioksidant)
qo’shiladi.
Holesterin. Holesterin yung osti mumi spirtning tarkibini asosiy qismini tashkil etadi.
Holesterin yuqori darajada emulsiyalash va teri orqali o’tkazuvchanlikni oshirish xususiyatiga ega.
Chuchqa yog’i teri osti yog’iga 10% miqdorida qo’shilsa, gidrofillanish (suv shimish, ho’llanish)
xususiyatini 218% gacha, sariq vazelinga qo’shilsa, 235 % gacha gidrofillash qobiliyatini oshirish
mumkin.