|
Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari Pdf ko'rish
|
bet | 231/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari
Metilsellyuloza (MS) va natriy-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) surtma asoslar tarkibida
ishlatila boshlandi.
MS — oddiy efir. Metilsellyuloza molekulasiga metilguruhlar kiritish soniga qarab
polimerlanish soni 150 dan 700 gacha bo’lgan efirlar olish mumkin. Bularning molekula
og’irliklari 30000 dan 140 000 gacha to’g’ri keladi. Metilsellyuloza eritmalarining asosiy xossalari
uning qovushqoqligi bo’lib, u metoksil guruhlar soniga bog’liq. Farmatsiyada ishlatiladigan
metilsellyuloza 26-33% metoksil guruhlar saqlaydi. Metilsellyuloza oq yoki sariq rangli tolasimon
massa holida chiqariladi. Xom ashyoning hidi ham, mazasi ham bo’lmaydi. uzoq vaqt saqlanishi
mumkin. Metilsellyuloza eritmasini tayyorlashning eng qulay yo’li: ulchab olingan modda 80-
90
0
S gacha isitilgan suv bilan qattiq aralashtirilib turgan holda ishlanadi. Shundan keyin sovuq
suv qo’shiladi va bir jinsli yopishqoq suyuqlik hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Metilsellyuloza
eritmalari mikroorganizmlar ta’siriga chidamli hamda organizm uchun zararsiz, fiziologik jihatdan
inert. Ular yuqori darajada bog’lovchilik, dispergirlovchi, ho’llovchi va adgeziv xususiyatiga ega.
Metilsellyuloza sezilarli darajada sirt tarangligini pasaytiradi. Shuning uchun u yuqori
emulgirlovchi xususiyatga egadir. Farmatsiyada shunga bog’liq holda faqatgina surtma
tayyorlashda emas, balki boshqa hollarda ham ishlatiladi. MS eritmalari quriganda shaffof,
rangsiz, mustahkam parda hosil qiladi. Hosil bo’lgan parda organik erituvchilar, yog’lar va moylar
ta’siriga chidamli bo’ladi.
Na-KMS — bu sellyuloza va glikol kislotasi oddiy efirining natriyli tuzi hisoblanadi.
Polimerlanish darajasi 300 dan 3000 gacha, molekulyar og’irligi 75000 dan 750000 gacha. Oq
yoki kulrang bir jinsli tolasimon modda bo’lib, sovuq hamda issiq suvda yaxshi eriydi. MS li va
Na-KMS li asoslar odatda glitserin bilan birga quyidagi nisbatlarda olinadi: 1) MS 6 g, glitserin 20
g, suv 74 g; 2) Na-KMS 6 g, glitserin 10 g, suv 84 g va boshqalar. Bularga konservantlar
qo’shiladi. Asoslar shilliq qavatlarning mahsuloti bilan yaxshi aralashadi. Bu esa dorivor moddani
zararlangan qismga yaxshiroq ta’sir qilishini ta’minlaydi.
|
| |