• Sun’iy vazelin
  • Naftalan nefti
  • Silikonli asoslar
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet228/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Vazelin moyi yoki suyuq parafin (Oleum Vaselinum). Neftni qayta ishlanganda kerosin 
    haydab olingandan so’ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon, rangsiz suyuqlik bo’lib, hidsiz va 
    surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o’simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda 
    aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarini suspendirlashda ishlatiladi.
    Sun’iy vazelin (Vaselini artificiale) — qattiq va suyuq parafin, serezin yoki 
    smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murakkab qotishma. Oddiy 
    qotishma esa 1 qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu qotishma saqlanganda tez 
    buziladi. Serezin yoki petrolatum saqlagan qotishmalar chidamli bo’ladi.
    Naftalan nefti (Naphtha Naphthalani). Naftalan Ozarbayjonda qazib olinadi. Avvallari 
    naftalanda neft bilan to’ldirilgan chuqurlarda bemorlar davolanganlar. Hozir alohida neftli 
    vannaga ega bo’lgan sanatoriya bor. Naftalan nefti quyuq sharbatga o’xshash o’ziga xos hidli, 
    zangori fluoressensiyaga ega bo’lgan qora rangli suyuqlik. Suv bilan aralashmaydi. Spirtda kam 
    eriydi. Moy, yog’ va glitserin bilan har qanday nisbatda aralashadi. Naftalan nefti 
    dezinfeksiyalovchi va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega. I va II darajali kuyishni davolashda foyda 
    qiladi. Surtma asosi bo’lishi uchun unga parafin yoki vazelin qo’shilishi kerak.
    Silikonli asoslar
    Silikonli yoki poliorganosiloksanli birikmalar-yuqori molekulali kremniy saqlovchi organiq 
    birikmalardir. Ular shunday molekulalar zanjirini hosil qilib, o’zgaruvchi tarmoqlardan tashqil 
    topib, kremniy va kislorod atomlaridan tashqil topadiki, bo’larda kremniyning bo’sh valentlari 
    metil, etil, fenil radikallari bilan o’rin almashadi. Silikonli polimerlar chiziqsimon yoki tursimon 
    tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Silikonli polimerlar rangsiz, yog’simon suyuqliklar bo’lib, xalq
    xo’jaligining turli tarmoqlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Farmatsiya uchun ushbu xom 
    ashyoning fiziologik bezararligi, kimyoviy jihatdan indifferentligi, gidrofobligi, qovushqoqligining 
    haroratga bog’liq emasligi muhim ahamiyatga ega.
    Silikonli surtmalar teriga surtilganda qitiqlovchi, para-allergik xossalarga ega emas. Ular 
    xuddi yog’lar kabi kishi terisi orqali issiqlik va gaz almashuvini bir oz sekinlashtiradi. Bu 
    xususiyatlari bilan vazelinli va uglevodorodli asoslardan farq qiladi. Silikonli suyuqliklarni ko’z 
    uchun ishlatiladigan surtmalarga qo’shish mumkin emas, chunki ular ko’zga qitiqlovchi ta’sir 
    ko’rsatadi. Sanab o’tilgan silikonli suyuqliklardan polidietilsiloksanlar dorivor moddalarga 
    nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Kondensatsiya darajasi «5»ga teng bo’lgan polimer — «Esilon-4», 15 
    ga teng bo’lgan polimer esa qisqacha «Esilon-5» deb ataladi. «Esilon-5» va «Esilon-4» surtma 
    asoslari tarkibiga kiradi. Ular vazelin moyi va o’simlik moylari bilan aralashadi, vazelin, parafin, 
    serezin, hayvon va o’simlik yog’lari bilan esa qotishma hosil qiladi. Ammo, baliq moyi, olein 
    kislotasi, skipidar va metilsalitsilat bilan aralashishi uchun bu moddalar kerakli miqdorda olinishi 
    kerak. Mentol, kamfora, fenol, fenilsalitsilat, qoramoy kabi moddalar polidietilsilakson 
    suyuqliklarida eriydi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish