|
Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 225/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Gidrogenlangan yog’lar. Surtma asosi bo’lib faqat yumshoq surtmaga o’xshash ashyolar
xizmat qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Salomas yoki gidroyog — Adeps
hydrogenisatum 2. O’simlik yog’i — Axungiha vegetabilis (88-90) gidroyog va 10-12% o’simlik
moyidan iborat qotishma 3. Kombiy yog’i — Adeps compositus (55% salomas, 30% o’simlik
moyi va 15% mol yog’i, cho’chqa yog’i, kitning gidratlangan yog’idan iborat qotishma).
O’simlik moylari. Kungaboqar moyi — (Oleum Helianthi), shaftoli moyi (Oleum
persicorum) va boshqa moylar mol yog’i va mumga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Buning
natijasida xossasi bo’yicha cho’chqa yog’iga yaqin bo’lgan qotishma hosil bo’ladi. Ishlatiladigan
moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. Yog’larning umumiy kamchilik tomoni
ularning havoda tez taxirlanib qolishidir, ayniqsa suvli sharoitda. Yog’larning farmakologik
indifferentligi ularning yangiligiga bog’liq. Eskirgan yog’lar teri va shilliq qavatni qitiqlaydi.
Shuning uchun surtma asoslari bo’lgan yog’larni saqlashda extiyotkorlik talab qilinadi. Ulardan
tayyorlangan surtmalarning muddati belgilangan bo’ladi. Surtma tarkibiga kiruvchi moddalar yog’
kislotalari va yog’larning aynigan mahsuloti (perekislar, ozonidlar) bilan ta’sirlashsa, (ishqoriy
komponentlar, og’ir metall tuzlari va oksidlari) u holda yog’lar asos sifatida yaroqsizdir. Yog’larni
oksidlanishdan saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qo’llaniladi. O’zida
antioksidant saqlaydigan o’simlik moylari ham bor. (Masalan: tokoferollar). Sintetik
antioksidantlardan butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluol (BOT) yuqori aktiv va fiziologik
zararsizdir. Ikkala modda ham hayvon yog’larini turg’unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha
ishlatilishi mumkin. Hayvon va o’simlik yog’larida qancha ko’p tokoferol saqlansa, ular shuncha
oksidlanishga chidamli bo’ladi. Yog’larda ketadigan oksidlanish protsesslari perekis soni bilan
aniqlanadi. Perekis soni bu peroksidlarni parchalash uchun ketgan yodning protsent miqdoridir.
Yangi cho’chqa va mol yog’ining perekis soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 bo’lishi
chegara hisoblanadi. Undan oshsa cho’chqa va mol yog’i buzilgan hisoblanadi.
|
| |