|
Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 233/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Loytuproqli mineral asoslar
Farmatsevtik amaliyotida bentonit loylari ham ahamiyat kasb etadi. Ular bir birlik
glinozemning ikki birlik kremnezem bilan boglanishidan tashqil topgan. Loytuprokli minerallar
o’zlarining yuqori suv yutish xususiyati bilan ahamiyat kasb etadi. Masalan, bentonitlarning
natriyli shakli suv bilan ho’llanganda bo’kadi va hajmini 15-18 marta oshiradi. Hosil bo’lgan
yumshoq massa terida yaxshi taqsimlanadi va o’ziga ko’plab dorivor moddalarni qabul kila oladi.
Loytuprokli minerallar kimyoviy indifferentligi bilan afzaldir. Bu esa ularning tarkibiga aktiv
moddalar: kaliy permanganat, xloramin va boshqalar kiritish imkonini beradi. Farmatsevtik
maqsadlar uchun bentonit va boshqa loytuproqli materiallar yot qo’shimchalardan va qumlardan
tula tozalangan bo’lishi kerak. Bu ivitish, so’ngra quritish orqali amalga oshiriladi. Temir tuzlari
va boshqa yot moddalar saqlashiga qarab ularning rangi oq-kulrangdan tana rangigacha bo’ladi.
Bentonit asosining eng oddiy tarkibi: 13-20% mineralning natriyli shaklidan, 10% glitserin va 70-
77% suvdan tashqil topgandir.
Oqsil gellari. Oqsil deb amorf kremniy (II)- oksidiga aytiladi. Germaniyada bu aerosil,
karuza, AQSHda kebosil deb ataladi. Oqsil (aerosil) — oq amorf kukun bo’lib, o’lchami 4 dan 40
mkm gacha sferik formaga ega. U sochiluvchanligini yuqotmay 15 dan 60% gacha suyuqlikni
ushlab tura oladi. 10-12% li konsentratsiyada suvda qovushqoqligi kam bo’lgan oquvchan
suspenziya hosil qiladi, konsentratsiya 17% gacha ko’payganda, yarim qattiq holga keladi, 20% da
esa yaxshilab ezilsa gomogen surtma hosil qiladi. Aerosil organiq erituvchilar, efir moylari bilan
gel hosil kilish xususiyatiga ega. M.P.Alyushin va M.M.Astraxanova esilon-aerosil asosini taklif
kilishdi. Bu asos — «esilon-5» ni, 16% aerosil qo’shib quyuqlashtirish natijasida olingan. Bu asos
yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan rangsiz, shaffof gel hisoblanadi. Bu asos Zaharli emas,
mahalliy qitiqlovchi ta’siri yuk. Tarkibiga qo’shilgan dorivor moddalar bilan reaksiyaga
kirishmaydi. Oldiniga aerosil yuqori aktiv kukun sifatida dorivor moddalarni o’ziga yutadi, suv
ishtirokida esa tula desorbsiyalanadi va terapevtik ta’sir ko’rsatadi. Esilon-aerosilli asos uzoq vaqt
saqlanganda bir-biridan ajralib qolmaydi. Yuqori va past harorat ham ta’sir kilmaydi.
|
| |