Tibbiy polisaxarid suyuqliklar va loyqalar Kraxmal-glitserinli asoslar yoki glitserinli surtmalar. IX DF bo’yicha bug’doy kraxmali
chinni idishda teng miqdordagi suv bilan aralashtiriladi va unga 93 g glitserin qo’shiladi. Olingan
aralashma asta-sekin aralashtirilib turgan holda suv hammomida qizdiriladi, so’ng sovitiladi.
Natijada yarim tiniq, oqish rangli massa hosil bo’ladi. Bu asos shilliq qavatda oson tarqaladi va
sekin suriladi. Asos ko’z surtmalari tayyorlashda ham qo’llaniladi. Bu asos mikroorganizmlar
ta’siriga chidamli, lekin struktura-mexanik jihatidan chidamsiz. Chunki saqlash davomida u dag’al
holga (sinerezis) kelib asos sifatida ishlatib bo’lmaydigan massaga aylanadi. V.M.Gretskiy va
I.S.Ajgixinlarning ko’rsatishicha 5-6% li eruvchi kraxmal eritmasi (kraxmalni fosfor kislota bilan
ishlash natijasida olingan) surtma asoslarining konsistensiyasiga ega bo’lib, sekin quruvchanligi
bilan ajralib turadi.
Dekstrinlar ham yuqori konsentratsiyalarda (50% gacha) surtma asoslari konsistensiyasini
hosil qiladi.
Tragakant-glitserinli asoslar. Tragakant-glitserinli asoslar tarkibida 3% atrofida tragakant
va 40% gacha glitserin saqlaydi. Bu asoslar tragakant kukunini oz miqdordagi spirt bilan maydalab
suv-glitserin aralashmasi bilan bo’ktirib olinadi. Oldindan spirt bilan maydalashga ahamiyat berish
zarur. Bu asoslar kosmetik kremlar va bo’yida bo’lishning oldini oluvchi pastalar tayyorlashda
ishlatiladi.
Chet el farmatsiya amaliyotida pektinli (pektin 7,5 g, glitserin 18 g, benzoy kislota 0,2 g va
suv 100 g gacha), alginli (alginat natriy 2,5 g, kalsiy sitrat 0,2 g, glitserin 15 va suv 100 g gacha),
mutsinli (Zig’ir urug’ining shilligi) asoslar va boshqa o’simliklardan tayyorlangan YUMB li
asoslar ishlatila boshladi.
Mikroblardan olingan polimer polisaxaridlar.Mikroblarning yashash sharoitlari
o’zgarishi davomida hosil bo’ladigan yuqori molekulali polisaxarid — dekstran, gidrofil
surtmalarning asosi qilib taklif etilgan. Polimer glyukozalardan tashqil topgan. Molekula og’irligi
150 000 gacha bo’lishi mumkin. Dekstran eritmalari surtma hosil qiluvchi boshqa qovushqoq
suyuqliklardan o’zining yuqori indifferentligi bilan ajralib turadi. Ular rangsiz, hidsiz, pH
ko’rsatkichi 4,5 dan 6,5 gacha bo’ladi. Achitqisimon zamburug’lardan olingan pullulan moddasi
surtma asosi olishda qo’llashga taklif etilgan. Bu yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan suyuqliklar
xlortetratsiklin va geliomitsinli surtmalar uchun yaroqlidir. Bu surtmalarni uzoq saqlash uchun
konservant qo’shish talab etiladi.