Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/436
Sana01.02.2024
Hajmi7,28 Mb.
#149752
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Mumlar (Cera) — bu yog’ kislotalarining va yuqori spirtlarning murakkab efirlaridir. 
Lanolin, spermatset va asalari mumi surtma asoslari tarkibida ishlatilishi mumkin.
Lanolin (Lanolinum). Spirtlar, erkin yog’ kislotalari va efirlarning murakkab tabiiy 
aralashmalaridir. Lanolin sovunlanishi natijasida taxminan teng miqdorda kislota va spirtlar hosil 
bo’ladi. Sovunlanmaydigan qismi 50% ga yaqin miqdorni tashqil qiladi. Lanolin tarkibida 
saqlanadigan moddalarning umumiy soni 70 dan oshadi. Tozalangan lanolin — o’ziga xos hidli, 


erish harorati 36-42 S suvda erimaydi va shu sababli surtmaga o’xshash konsistensiyasini 
yuqotmay 150 % gacha suvni yutib u bilan aralashadi. Ayni shu xossasiga asoslanib surtmalar 
tayyorlashda suvsiz lanolin (Lanolinum anhydricum) ishlatib surtma tarkibiga suvli suyuqliklar 
kiritilishi mumkin. Haqiqiy suvsiz lanolin tarkibida suvning miqdori 1% dan oshmasligi kerak,
kislota soni 1 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Lanolin spirtda qiyin eriydi. Lekin 40 qismgacha 70% 
spirtni qabul qilishi mumkin. Xloroform va efirda oson eriydi. Lanolin tarkibi bo’yicha odam 
terisini ho’llab turuvchi yog’ga o’xshash moddalarga yaqin bo’lganligi uchun teriga yaqin 
surtiladi. Teri va shilliq pardani qitiqlamaydi. Kimyoviy ta’sirlarga juda chidamli. O’ta 
yopishqoqligi uchun u har doim boshqa asoslar bilan birga ishlatiladi. Agar shifokor tomonidan 
lanolin yozilgan bo’lsa suvli lanolin ishlatiladi. U 7 qism suvsiz lanolinga 3 qism suv qo’shib 
tayyorlanadi. Suvni oz-ozdan qo’shiladi. Suvli lanolinda suvning miqdori 30% ni tashqil etadi. 
Suv hammomida suvli lanolinni eritilsa emulsiya parchalanadi.
Spermatset (Cetaceum) ushlab ko’rganda yog’li, qattiq, oq, plastinkasimon tuzilgan, hidsiz 
massa. Suyuqlanish harorati 45-54
0
S. Tarkibi bo’yicha setil spirti (S
16
N
33
ON) va palmitin 
kislotaning murakkab efiridir. Surtma asosiga qo’shilgan spermatset unga yuqori zichlik, 
sirpanuvchanlik va suvli suyuqliklarni o’ziga singdirib dag’al emulsiya hosil qiladi. Shuning 
uchun koldkremlar tarkibiga ko’p yoziladi. Qog’ozga surtilganda yog’li dog qoldirmaydi, kislota 
soni 2 dan oshmaydi. Spermatset suvda ham, sovuq spirtda ham erimaydi. 95% li qaynoq spirtda, 
efirda va xloroformda eriydi.
Mum (Cera). Asalari mumi — to’k sariq (Cera flava). 65
0
S haroratda suyuqlanadi. Oq mum 
sariq mumni quyosh yorugligida oqartirib olinadi. Sariq mumning kislota soni 17-20,5 dan 
oshmaydi. Oq mumniki 18,7-22,4 dan oshmaydi. Suv va spirtda erimaydi. Qaynoq spirtda, efir, 
xloroform, efir moylarida qisman eriydi. Surtmaga qattiqlik berish, suvli suyuqliklarning 
shimilishini yaxshilash va yopishqoqlik berish uchun ishlatiladi. Kimyoviy ta’sirga chidamli. 

Download 7,28 Mb.
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   436




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish