mana shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko’p fazali sistemalarga
bo’linadi.
Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori
moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo’lgan
surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo’lib, undagi dispers muhit moyli asos hisoblanadi.
Ko’pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular yetarli
darajada yuqori dispers va turg’un bo’ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers
muhitning yuqori qovushqoqligi sababli turg’undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik
tomchilardan iborat bo’ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashqil topgan bo’ladi.