|
Yog’-suv tipidagi emulsion asoslar Pdf ko'rish
|
bet | 238/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Yog’-suv tipidagi emulsion asoslar
Emulgator sifatida ionlashmaydigan va ionlashadigan SAMlar ishlatiladi. Ishqoriy metallar
sovuni-emulgator. Yog’ kislotalar natriyli, kaliyli va ammoniyli tuzlar gidrogenlangan yog’larni va
o’simlik yog’larini yaxshi emulgirlaydi. Ko’proq suyuq surtma dorilarni tayyorlash uchun qulay.
Moyli faza yuzasida adsorbsion qavat hosil qilish bilan emulsion asosning turg’unligini oshiradi.
Alkilsulfat emulgatori. Yuqori molekulali spirtlarning sulfat kislotasi bilan hosil qilgan
efirdir. Umumiy formula /SN
3
/SN
2
/p va O-O
z
X bilan ifodalanadi. Bu birikmalar uchun — O O
z
X
guruhi bor. Alkil zanjiri 9-18 ta uglerod atomidan tuzilgan bo’lishi mumkin. Ko’proq yog’-suv
tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun alkilsulfatlarning natriyli tuzi ishlatiladi.
CH
3
/CH
2
/
10
SN
2
— O — ONa natriylaurinsulfat
CH
3
/CH
2
/
14
SN
2
— O — ONa natriysetilsulfat
CH
3
/CH
2
/
16
SN
2
— O — ONa natriystearilsulfat.
Natriy laurilsulfat gidrofil, ya’ni suvda eruvchan surtma dorilar asosining emulgatori bo’lib,
1965 yilda AQSH farmakopeyasida qabul qilingan. Alkil sulfatlar bilan bir qatorda yog’-suv
tipidagi emulsion surtma dorilarda emulgator sifatida bir qator alkilsulfatlar ham ishlatiladi,
masalan: natriyatsetilsulfanat SN
3
/SN
2
/
14
SN
2
— O — ONa. Farmatsevtik praktikada yog’-suv
tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun noionogen emulgatorlar ham keng qo’llaniladi, bo’larning
gidrofil xususiyati oksietillanishi bilan birga birdan oshib boradi. Bu emulgatorlar molekulasiga
10-20 ta va undan ko’proq oksietil guruhlarining kirishi SFMlarni to’liq yoki juda oson suvda
erishiga olib keladi. Bu emulgatorlar span hosilalari ichida katta ahamiyatga ega. Odatda bitta span
molekulasiga 20 ta molekula etilen oksidi birikishi mumkin.
Tvin emulgatori
Tvinlar spanni etilenoksidi bilan qayta ishlashda, natriy gidroksidi katalizatorligida olinadi.
Eterifikatsiya jarayoni erkin guruhi bor joyda boradi.
Qanday span eterifikatsiya reaksiyasiga kirishganligiga, etilen oksidi bilan polimerlanishi
darajasiga qarab quyidagi tvinlar farmatsiyada ishlatiladi (4-jadval)
Tvinlar suvda yaxshi eriydi, organiq erituvchilarda sterilizatsiya paytida parchalanmaydi.
Tvinlar birinchi marta 1958 yilda Rossiya ilmiy tekshirish institutida organik yarim
o’tkazuvchilardan va bo’yoqlardan sintezlangan.
4- jadval
|
| |