emulgatorni
olishda xom ashyo hisoblanadi, yoki bular o’rniga o’simlik yog’lari va kokos,
palmitat kislotalari aralashmalari ishlatilishi mumkin. Saxaroza molekulasida 8
OH guruhi bor
bo’lib, ularni eterifikatsiya yo’li bilan har xil sirt aktivlik xususiyatini namoyon qiluvchi ko’plab
birikmalarni sintez qilish mumkin. O’zining xususiyatiyatiga ko’ra sirt aktiv moddalardir va
emulgator sifatida qo’llash mumkin. Palmitin va stearin kislotalarining diefirlari (2%)
miqdorda
vazelin moyi (47%) bilan suv (45%), metilsellyuloza (1%) va serezin (5%) ular bilan
aralashtirilganda suv-yog tipidagi turg’un konsistensiyali emulsiya hosil bo’ladi. Metilsellyuloza
va serezin bu yerda ivituvchi vazifasini o’taydi. Bu asos va dorivor
moddalarning rezorbsiyasi
(salitsil kislotasi, sulfatsil-natriy) vazelinga qaraganda yaxshi natija beradi.
Bu emulgator toza
holda, rangsiz kristallik modda bo’lib, hidsiz va ta’msiz. 100
0
S haroratgacha chidamli 120
0
S dan
boshlab eriy boshlaydi. Organizmda yog’ kislotalariga, glyukozaga va fruktozaga parchalanadi.
Terida allergik holatlarni chaqirmaydi, pH ko’rsatkichni
normal saqlab turadi, suv balansini ham
normada ushlab turadi.