|
Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 236/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Atsetillanganlanolin. Lanolin sirka angidridi bilan tozalash yo’li bilan olinadi. Birinchidan,
5% gacha miqdorda qo’shilganda turg’un surtma dori asosini hosil qiladi, surtma dorilar hosil
qilish konsistensiyasini (o’z holatini) past haroratlarda saqlab tura oladi.
Polioksietillangan lanolin. Bu birikma oksietilen lanolinning efir guruhiga birikishi yo’li
bilan hosil bo’ladi. Suvda eriydigan lanolin ikki markada olinadi: «Vodlan-45», pH 8 va «Vodlan-
60», pH 7,1. Polioksietillangan lanolin suyultirilgan etil spirtida ham eriydi. Agar 3% miqdorda
qo’shilsa, yumshoq surtma dori (krem) asosi hosil bo’ladi.
Polimerlangan glitserin hosilalaridan olingan emulgatorlar
Bu guruhga T-2 va T-1 qattiq emulgatorlar yordamida olingan surtma dori asoslari kiradi,
bu asoslar margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ulardan birinchisi diglitserinning stearin
kislotasi bilan hosil qilgan to’liqmas mono-va diefirlari aralashmasidir. T-2 esa shu aralashmani
triglitserin distearatlari bilan hosil qilgan aralashmasidir. 1956 yilda E.N.Kutumova T-2
emulgatori asosida surtma dori asoslaridan birini yaratdi, tarkibi: 6 qism vazelin bilan 1 qism
emulgatorning 3 qism emulsiya suvi aralashmasidan tashqil topgan bo’lib, ko’rinishi oq yumshoq
surtma dori holidagi massa.
Span emulgatorlari
Bu sorbitanning yuqori yog’ kislotalari bilan bergan to’likmas efiridir. Sorbitan sorbitol olti
atomli spirtidan hosil bo’ladi. Bu birikma halqalanganda xuddi tetragidropiron va tetragidrofuran
birikmalari singari tuzilishga ega bo’ladi. Sorbitan furan tuzilishida degidratlanganda bitsiklik
angidrid holiga o’tadi va bu birikma sorbit deb ataladi, buni ham yog’ kislotalari bilan
eterifikatsiyalash mumkin. Sorbitan bilan qanday kislota birikishiga qarab har xil spanlar hosil
bo’ladi, bu spanlar asosdagi kislotasiga qarab har xil xususiyatli bo’ladi va shunga qarab
nomlanishda nomerlari bilan farqlanadi. Span-20, Span-40, Span-60 va h.k. Spanlar lipofil
birikmalardir. Chunki ular moylarda, spirt, atseton va xloroformda yaxshi eriydi. Suv-yog tipidagi
emulsiya hosil qiladi. Ionlashmaydigan harakterdagi dorivor preparatlardan surtma dori
tayyorlashda keng ishlatiladi.
|
| |