yaroqsizdir. Qattiq fazani disperslashda kam miqdorda o’simlik yoki mineral moyidan yoki
suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Kerakli variantni tanlash qattiq fazaning
miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Agar dori modda surtma tarkibiga kam miqdorda (5% gacha) bo’lsa, ezish bodom, shaftoli,
kungaboqar moyi ishtirokida (agar surtma hayvon yog’ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar
vazelinda) olib boriladi, so’ngra hosil bo’lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan
miqdorgacha asos qo’shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko’p miqdorda (5%-
25% gacha) bo’lsa, kerakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So’ngra qolgan asos qo’shib
aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor havoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi.
Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. Yuqori dispers
va bir xil taqsimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishqalanadi.
Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqroq bo’ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-
tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:
Rp.: Furacilini 0,1
Lanolini 20,0
Vaselini 30,0
M.f. unguentum
D.S. Antiseptik surtma.
Furatsillinni 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so’ngra iliq vazelin va lanolin qorishmasini
qo’shib aralashtiriladi.
Rp.:
Resorcini 0,6
Acidi Salicylici 1,0
Sulfuris prаecipitatae 2,0
Cerae flavae 4,0
Ol. Ricini ad 20,0
D.S. Ceboreyada qo’llaniladi
Bu uch fazali suspenzion surtma bo’lib, mum-moyli asosda tayyorlanadi. Kukunsimon dori
moddasi 9% atrofini tashqil qiladi. Avval salitsil kislota mum, kanakunjut
moyi aralashmasida
eritib olinadi. So’ngra kukunlar aralashmasini 5-6 g eritma bilan eziladi va qolgan eritma
qo’shiladi.
Rp.:
Ung. Sulfuratum simplex 100,0
D.S. Ceboreyada qo’llaniladi
Oltingugurt suspеnzion surtmalar tеxnologiyasiga oid qoidalarga asosan emulsion konsistеnt
asos (Kutumova asosi) bilan (60 qism vazеlin, emulgator-T2 10 qism, tozalangan suv (90-95°S)30
qism) tayyorlanadi.
Dori moddasini asos bilan yaxshilab aralashishi uchun uni oldin yaxshilab maydalab olish
kеrak. Yordamchi modda asos tabiatiga qarab tanlab olinadi.
14
Rp.: Benzylpenicillini natrii 100 000ED
Lanolini anhydrici 20,0
Vaselini 30,0
M.f. unguentum
D.S. ko’z uchun surtma
Surtma aseptik sharoitda tayyorlanadi, qattiq fazani ulushi 5% dan kam. Antibiotikni (0,06
g) maydalash uchun steril vazelin moyini dori moddasining 50% miqdorda maydalanadi.
Steril havonchaga 0,06 g benzilpenitsillin natriyli tuzidan (DF, farmakopeya maqolasiga
binoan) bir necha tomchi vazelin moyi qo’shiladi. (etiketkaga e’tibor berilsin)
suvsiz lanolin va
14
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (116 bet)
vazelindan aralashtirib oldindan, bir necha bo’lakka bo’lib surtmaga kiritiladi. Bir xil massa hosil
bo’lguncha aralashtiriladi.
15
Mum saqlangan surtmalar vazelin asosiga nisbatan perspiratsiyani osonlashtiradi.
2. Pastalar yumshoq dori shakllari ichida ma'lum foizini tashkil etib, korxona va
dorixona sharoitida tayyorlanadi. Bu dori shakli tarkibida 25% va undan ko’p
poroshoksimon moddalar bo’lib, konsistеntsiyasi jihatdan surtmalarga nisbatan
quyqroq bo’ladi. Bu dori shakli bir qancha afzalliklarga ega, tarkibida bir nеcha dori
moddalardan iborat. Tayyorlash jarayonida tarkibida bir nеcha quruq moddalar
bo’lsa ham, ular nimada erishdan qa’tiy nazar, bu dori turini tayyorlashda hеch
qanday suyuqlik ishlatilmaydi.
Umumiy tеxnologiyasi shundan iboratki, pasta tayyorlash uchun avval
poroshoklarning hammasi havonchada yaxshilab aralashtirib olinadi, so’ngra eritilgan
asosning bir qismi bilan, so’ngra qolgan qismi bilan bir xil massa hosil bo’lguncha
aralashtiriladi.
Pastalar dеb, tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lgan
hamda konsistеntsiyasi surtmalarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.
Pastalar
tayyorlanishi, tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, bеrilishi va
saqlanishiga ko’ra hamda, ularga bo’lgan talablar jihatidan surtmalardan hеch farq
qilmaydi: Shuni eslatib o’tish kеrakki, pastalar tarkibiga kiradigan quruq moddalar
ko’p bo’lganligidan ular nimada erishdan qa’tiy nazar, bu dori turini tayyorlashda
ko’pincha hеch qanday suyuqlik qo’shilmaydi.
Pastalar
tеriga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun qo’llaniladigan
xillarga bo’linadi.
Tеrini davolashga ishlatiladigan pastalarga: rux oksidi pastasi, salitsilat kislota
bilan rux oksidi pastasi, lеvomitsеtin rux oksidi-salitsilat bilan birgalikdagi pasta, va
boshqalar kiradi.
Tishni
davolashda
ishlatiladigan
pastalarga:
yodoformli
pasta,
uch
krеzolformalinli pasta, ftorli pasta, margimushli pasta va h.k.
1.Rp.: Zinci oxydi 25,0
Amyli 25,0
Vaselini 50,0
M.f. pasta
D.S. sirtga surtish uchun
Tеxnologiyasi: rux oksidni eritilgan ozgina vazеlin bilan yaxshilab eziladi.
Ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha
aralashtiriladi. Og’zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, «Sirtga surtish uchun»
yorlig’i bilan jihozlanadi.
2.Rp.: Acidi sаlicylici 2,0
Zinci oxydi aa 25,0
Amyli aa 25,0
Vaselini 48,0
M.f. pasta
D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun