tayyorlash qulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi,
uning
yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism
(E.N.Kutumova bo’yicha). Vazelin va emulgator T
2
bug’latish
qozonida qizdiriladi, so’ngra
korpusga bo’lib-bo’lib 90-95
0
C gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda
eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib
olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surtmani kaliy yodid bilan tayyorlashda
uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin
moyi bilan disperslanadi yoki 45
0
S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi.
Qaysi usulni
tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq.
Qadoqlash va jihozlash
Surtmalarni tashqi muhit ta'siridan himoya qiladigan og’zi
kеng burama qopqoqli shisha,
plastmassa idishlarga yoki plastamssa, alyumin tubalarga qadoqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bu qadoq turi surtmaning havo
bilan kontaktini oldini oladi, mikrob kontaminatsiyasini oldini
oladi. Tubalar laklangan alyuminiy еki polietilеndan tayyorlanadi.
Eng yaxshisi polimеr
matеriallar hisoblanadi. Alyumin tubalar burama qopqoqli bo’lsa, polimеr tabiatli tubular
kavsharlash zarur.
18
Ma’ruza 7
MAVZU 7.
Linimentlar
dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar
tayyorlash va sifatini baholash.