Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/436
Sana01.02.2024
Hajmi7,28 Mb.
#149752
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Ma’ruza maqsadi: Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar 
tayyorlash va sifatini baholashgaoid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Linimentlar-quyuq suyuqlik
Linira-surtish
Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar
Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar
Gomogen-bir xil yoki o’xshash faza
Geterogen- turli xil yoki har xil faza
Reja:
1. Linimentlar ta’rifi va tasnifi.
2. Linimentlarni afzallik va kamchiliklari.
3. Linimentlar tayyorlashning umumiy qoidalari.
4. Linimentlarning xususiy texnologiyalari.
5. Linimentlarni sifatini nazorat qilish.
Linimentlar — quyuq suyuqlik bo’lib, sirtga surtish uchun mo’ljallangan va teri haroratida 
eriydigan dori shakllariga kiradi.
Liniment lotincha so’z bo’lib, linira — surtish degan ma’noni anglatadi.
Linimentlar bir yoki bir necha dorivor moddalardan hamda asoslardan tashqil topgan. Asos 
sifatida o’simlik yog’lari (kungaboqar, shaftoli, kanakunjut), vazelin moyi, xloroform va esilonlar 
ishlatiladi.
Liniment dori shakli tarkibidagi asos xususiyatiga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga bo’lish 
mumkin:
1) moyli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Olimenta; 
2) sovunli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Sapolimenta.
18
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


Fizik-kimyoviy xususiyatiga ko’ra linimentlar turli xil bo’lib, o’zida eritma, emulsiya, 
suspenziya va aralash dispers sistemalarni mujassamlashtiradi.
Linimentlar qadimdan ishlatilib kelinayotgan dori shakli hisoblanib, tarkibining turli-
tumanligi bilan ajralib turadi. Bu dori turi uchun XI DF da «linimentlar» deb ataluvchi umumiy 
maqola keltirilgan. 
X DF ko’rsatmasiga binoan linimentlar tarkibiga dorivor moddalar, ularning fizik-kimyoviy 
xossalariga qarab kiritiladi. Suvda eriydigan moddalarni suvda, moyda eriydigan moddalarni 
moyda va suvda ham moyda ham erimaydigan moddalarni suspenziya ko’rinishida liniment 
tarkibiga kiritish kerak. Shunga ko’ra linimentlar eritma, emulsiya, suspenziya va aralash tipda 
uchrashi mumkin. 
Linimentlarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: asosni tortib olish va eritish, dorivor 
moddani tortish va maydalash, aralashtirish, idishga joylash, kerakli yorliq yopishtirish, kasalga 
berish uchun tayyorlash. Linimentlarni bemorga berishda «Sirtga» degan yorliq, shuningdek 
quyidagi ehtiyot yozuvlari (etiketkalari) bo’lishi lozim: «Salqin joyda saqlansin!», «Ishlatishdan 
oldin chayqatilsin!», «Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin!» va boshqalar.
Linimentlar uzoq muddat ishlatilishi uchun tayyorlanib, ularga «Qo’llashdan oldin 
chayqatilsin», «Salqin joyda saqlansin!» kabi qo’shimcha yorliqlar yopishtirilishi kerak.
Linimentlar ogzi zich berkitilgan, shisha idishlarga jihozlanib tayyorlanishi kerak.
Moyli linimentlar — Olimenta

Download 7,28 Mb.
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   436




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish