• Sovunli linimentlar — Saponimenta
  • Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet255/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen 
    sistema bo’lib, suvning yog’dagi yoki yog’ning suvdagi emulsiya tiplari ko’rinishida bo’ladi. Bu 
    tipdagi linimentlarning turg’unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) 
    qo’shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum 
    20
    I.I. Krasnyuk, G.V. Mixaylova, L. I. Muradova Farmatsevtichesaya texnologiya texnologiya 
    lekarstvennix form.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2011. (422 bet)


    ammoniatum seu Linimentum volatile) va ohakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib 
    keltirishimiz mumkin.
    DF IX bo’yicha tarkib:
    Rp: Solutionis Ammonii caustici 25,0
    Acidi Oleinici 1,0
    Olei Helianthi 74,0
    M.DS.
    Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungaboqar moyidan va 1,0 g olein 
    kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil 
    eritmasidan 25 ml quyib bir xil oq rangli suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil 
    bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat 
    ammoniy o’taydi.
    C
    17
    H
    33
    COOH + NH

    = C
    17
    H
    3
    COONH
    4
    Uchuvchan liniment bir xil oq-sarg’ish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga 
    ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan 
    holda bu liniment keragida tayyorlanadi. 
    Sovunli linimentlar — Saponimenta
    Sovunli linimentlar asosida tana haroratida erish xususiyatiga ega bo’lgan natriyli sovun 
    spirtlari yotadi. Sovunli linimentlar tarkibiga odatda efir moylari, ammiak eritmasi, yod, ixtiol, 
    fenol, kamfora, rezorsin kabi moddalar kiradi.
    Rp.: Saponis medinalis 8,0
    Spiritus aethylici 84,0
    Camphorae 2,0
    Ol. Citri
    Ol. Rosmarini 0,4
    Ol. Thymi 0,2
    Sol. Ammonii caustici 5,0
    MDS. Revmatizmda surtish uchun.
    Kolbada meditsina sovunini 90% li etil spirtida, suv hammomida eriguncha qizdiriladi va 
    tezda filtrlanadi. Issiq eritmada kamfora eritilib, sovugandan so’ng efir moylari va ammiak 
    eritmasi qo’shiladi. Aralashmani shisha idishlarga qadoqlab to’liq soviguncha sovitgichga 
    quyiladi. 
    Geterogen tipdagi linimentlarga emulsion linimentlar kiradi. Emulsion linimentlar S/M 
    va M/S tipiga bo’linadi.
    Oling: Kungaboqar moyi 74,0 
    Ammoniy eritmasi 25,0 
    Olein kislota 1,0 
    Aralashtiring. Bering. Belgilang.
    Bo’ginlarga so’rtish uchun yuqoridagi birikmalar emulsiya tipdagi linimentni 
    hosil qiladi (M/S). Bemorga beriladigan shisha idishda olein kislotani kungaboqar moyida 
    eritib, ustiga ammoniy eritmasi qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu liniment 
    uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti deb ataladi. (Linimentum ammoniatum seu 
    linimentum volatile)
    Oling: Zigir moyi
    Kaltsiyli suv teng miqdorda 25,0 
    Aralashtiring. Bering. Belgilang.
    Kuygan joyga ishlatilsin.
    Tayyorlash: 25 g zig’ir moyi va 25 g kaltsiyli suv shisha idishda yaxshilab chayqatib 
    aralashtiriladi. Tayyor mahsulot emulsiya tipidagi (S/M) linimentni hosil qiladi. Bu liniment 
    (Linimentum calcis) deb ham yuritiladi. 

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish