• Asosiy matn Biosamaradorlik (BS)
  • 7- ma’ruza Dori vositalarning biologik samaradorligi Reja




    Download 162,2 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana04.12.2023
    Hajmi162,2 Kb.
    #110908
      1   2
    Bog'liq
    7-ma\'ruza



    7- Ma’ruza 
    Dori vositalarning biologik samaradorligi 
    Reja: 
    1. Biosamaradorlik (BS) tushunchasi 
    2. Dorilar biologik samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari 
    3. Dorilarning biologik samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar 
    4. Dori preparatlarini qo‘llash usulining biologik samaradorlikka ta’siri 
    Asosiy matn 
    Biosamaradorlik (BS) - dorining peroral, in’eksiya orqali, ingalyasion va 
    boshqa yo‘llar bilan organizmga yuborilganda qon oqimiga tushgan dori 
    vositasining bir qismidir. Bilamizki, qon tomiriga yuborilganda BS vosita 100% , 
    boshqa yo‘llar bilan (peroral, rektal, mushak orasiga va boshq.) nisbatan kam va 
    deyarli ko‘p hollarda 100% bo‘lmagan qismi qon oqimiga tushadi. 
    Dori vositalarining biologik ta’siri asosan ularning qon aylanish tizimiga, 
    spetsefik ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘lgan organ va to‘qimaga tushishi xossalari 
    darajasi bilan aniqlanadi. Bu preparatlarning biologik samaradorligi haqida 
    tushuncha beradi. Ko‘p hollarda bir xil nomdagi va bir xil dozadagi dori 
    vositasining biosamaradorligining turlicha bo‘lishi biosamaradorlik va terapevtik 
    faollik orasidagi bog‘liqlikni bildiradi. BJSS jamiyatining yo‘riqnomasi asosida 
    biologik samaradorlikning me’yori (foizlarda) so‘rilgan dori vositasining miqdori, 
    berilgan dori turidagi (A), xuddi shu dozada ammo standart dori turida (B), 
    berilgan dori vositasining so‘rilish miqdoriga nisbati hisoblanadi, ya’ni 
    BS=(A:B)∙100.
    Ko‘p hollarda dori vositalarining biologik samaradorligini standart va 
    o‘rganilayotgan dori turini qon plazmasidagi miqdorini nisbiy o‘rganish yo‘li bilan 
    aniqlanadi. Agarda 100% biologik samaradorlikni namoyon qiluvchi standart dori 
    turi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon tomiriga yuborish mumkin bo‘lgan dori 
    shaklidan (vena ichiga yuboriladigan in’eksion dori turlari, infuziyalar) 
    foydalanilsa, absolyut biosamaradorlikni (ABS) aniqlash mumkin bo‘ladi. 
    Sruningdek nisbiy biosamaradorlik (NBS) ham asosiy ko‘rsatkichlardan 
    hisoblanadi. U nazorat uchun olingan va tadqiqot olib borilayotgan dori 
    moddasining bir-biriga nisbatan so‘rilish darajasini xarakterlaydi. NBS ishlab 
    chiqarish texnologiyasi o‘zgarganda turli seriyalar uchun va turli firmalarda ishlab 
    chiqarilgan dori preparatlarida aniqlanadi.Odatda, NBS dori preparatini bir xil 
    usulda organizmga kiritilishida aniqlanadi. Ba’zan esa NBS dori preparati turli yo‘l 
    bilan yuborilganda ham o‘rganiladi. NBSni aniqlashda dori moddasini bir 
    marotaba yoki bir necha marotaba yuborib uning qondagi yoki peshobdagi miqdori 
    natijalaridan foydalanib aniqlanadi. 
    Sruningdek, NBS qon tomirlariga yuborilmaydigan bir nomdagi ikkita turli 
    dori preparatlarining biologik samaradorligini qiyosiy baholash maqsadida ham 
    qo‘llaniladi. 
    Peroral yuborilgan asosan jigarda metabolizmga uchraydigan dori 
    preparatlari uchun umumiy biosamaradorlik tushunchasi qo‘llaniladi. Umumiy 
    biosamaradorlik – qabul qilingan va so‘rilish jarayonida yuqori metabolizmga 
    uchragan (“ta’sirli birlamchi o‘tish”) o‘zgarmagan holda, hamda metabolit holida 


    qon oqimiga tushgan preparat dozasining bir qismidir. Dori preparatlarining 
    biologik samaradorligini o‘rganishda quyidagi parametrlar asosiy hisoblanadi: 
    ➢ dori vositasining qondagi maksimum (pik) konsentratsiyasi; 
    ➢ maksimal konsentratsiyaga etish vaqti; 
    ➢ egri chiziqli yuza ostida plazmadagi yoki qon zardobidagi dori vositasining 
    konsentratsiyasini vaqt davomida o‘zgarishi; 

    Download 162,2 Kb.
      1   2




    Download 162,2 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7- ma’ruza Dori vositalarning biologik samaradorligi Reja

    Download 162,2 Kb.
    Pdf ko'rish