Shisha filtr- shisha donalari yopishtirilgan plastinka.
Membrana filtrlar- dori modda eritmalarini to’liq sterillash uchun qo’llanadi.
Kimyoviy sterilizatsiya- mikrofloraga kimyoviy moddalarni ta’sir ettirish yo’li bilan olib boriladi.
Reja:
1. Asеptika sharoitida tayyorlanadigan dori turlari
2. Asеptik sharoitini yaratish talablari kеltirilgan MH:
3. Dorixonada asеptika sharoitini ta'minlash.
4. Asеptika tushunchasi va stеrilizatsiya usullari.
5. In'yеktsion eritmalarga qo’yilgan talablar.
ASEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH
Bizni qamrab olgan tabiat, xususan suv, havo va yer qatlami turli-tuman mikroorganizmlar
bilan to’la. Ayniqsa, ular yer qatlamida juda ko’pdir. Bir gramm tuproqda milliardlab bakteriyalar
joylashgan. Shu sababli dori tayyorlash jarayonida tozalikka rioya qilish, xonalarni ifloslanishdan
asrash dorixona sharoiti uchun birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligini doimo yodda tutish va
unga amal kilish zarur.
Dori shakllarini tayyorlash usullarini dori shakllarini organizmga yuborilishi, ularni
kasallikni davolashdagi o’rni va ayniqsa shu dorilarni tayyorlash jarayonida tozalik darajasi
hisobga olingan holda quyidagicha taqsimlash mumkin.