101-500 g gacha
180
0
200
0
40 daqiqa
20 daqiqa
Moy va yog’larni avtoklavda 119-121°C da 2 soat sterilizatsiyalash mumkin. Issiq havo
bilan sterillash maqsadida quritgich kameralari qo’llaniladi.
Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash
Yuqori tebranish bilan almashinadigan elektromagnit maydon hosil qiladigan toklarga
yuqori chastotali toklar deyiladi. Yuqori tebranishli toklar generatorlar yordamida olinadi. Yuqori
tebranishli maydon ta’siri sterillanadigan modda tarkibidagi mikroorganizmga ta’sir qilib, maydon
yo’nalishini keskin o’zgarishi bilan unda hosil bo’lgan energiyaning bir qismi moddaga o’tadi,
buning hisobiga esa u qisqa muddat ichida (1-2 dak. ) har tomonlama qiziydi.
Shunday qilib
yuqori chastotali toklar yordamida sterillash xuddi termik sterillashga o’xshaydi. Ishlab
chiqarishda va tibbiyotda yuqori tebranishli toklar keng tarqalgan. Ular har xil vositalarni
qizdirishda, yallig’langan jarayonlarni davolashda qo’llaniladi.
Yuqori chastotali toklar bilan sterillash usuli oziq-ovqat sanoatida konservalarni sterillashda
ishlatiladi. Dorilarni va ular eritmalarini hozirgi vaqtda sterillash apparatlari konstruksiyalari
ishlab chiqilgan va ba’zi moddalarni sterillash sharoiti o’rganilgan (maydon kuchlanishi,
chastotasi v. h. k. )
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida mikroorganizmlarning halok bo’lishiga asoslangan 253,7-257,5
nm li nurlar maksimal bakteritsid faollikka ega. Ularni nurlantiruvchi manba sifatida simob-kvarsli
yoki argon-simobli lampalar ishlatiladi. Bu lampalarni nurlanishi simob bug’larida gazlar
siyraklashgan sharoitda elektrodlarga ta’sir etadigan muayyan kuchlanishning hosilasidir.
Lampadan taraladigan nurning 70% ultrabinafsha spektrlariga xos bo’lib, to’lqin uzunligi 253,7
nm. ga teng. Simob-kvarsli lampalar katta kuchlanishga ega. Argon-simobli
lampalar orqali
taralgan nurlar bir spektral chiziqqa birlashib bakteritsidli xossasi yuqori darajada bo’ladi, bu esa
uni a’lo sifatli hamda tejamli sifatda ishlatish imkonini beradi. Argon-simobli lampalarning bir
qancha turlari mavjud. Ularning orasida qulaylari BUV-30 (raqam lampa kuchlanishini vattda
belgilaydi). Simob-kvarsli lampalardan qo’llaniladiganlari PRK-2 va PRK-4, lekin ular ko’p
energiya sarflaydi. BUV lampasi (bakteritsid uveol) simobli, past bosimli, uveol shishali tiniq
kolbadan iborat bo’lib, qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlarning tarqalishi uchun qulay hisoblanadi.
Uveol shishaning kimyoviy tuzilishi har xil (masalan SiO
2
— 77,94%, V
2
O
3
— 14,99%, AI
2
O
3
—
2,89%, Fe
2
O
3
— 0,01%, SaO — 0,08%, MgO — 0,09%, Na
2
O — 4%). Lampa, kayga xilida
tayyorlanadi, uning chetida ikki qavatli volfram spirali bariy karbonat bilan qoplangan, egiluvchan
oksid elektrodi bo’ladi. Trubkada oz miqdorda simob va bir necha ml simob ustuni to’gri
keladigan bosimda inert gaz (argon) bo’ladi.
Elektrodlarga kuchlanish ta’sir qilganda simob bug’larida razryad hosil bo’lib,
undan
ultrabinafsha nurlari tarqaladi. Simob bug’larining trubkadagi miqdori 0,01 mm simob ustuni
bosimiga to’gri keladi. Ultrabinafsha nurlarning darajasi bakt bilan o’lchanadi. Bakt (B)
bakteritsid yo’nalishi birligi bo’lib, to’lqin uzunligi 254 nm, quvvati 1 VT bo’lgan ultrabinafsha
yo’nalishiga teng. Masalan, BUV-30 lampasining bakteritsid yo’nalish quvvati 2,95 baktga teng.
Steril xona devorlari va asbob-jihozlarni hamda assistent xonalaridagi byukslarni sterillashda
bakteritsid lampalar qo’llaniladi. Bakteritsid lampalarni qo’llanilishida ularning odam organizmiga
salbiy ta’sir qilishi, ayniqsa, bu ta’sir vaqti bilan uzviy bog’liqligini doimo yodda tutish zarur.
Muhofaza qilinmagan bakteritsid lampalarni odam bor joylarda ishlatilishi man qilinadi.
Bakteritsid lampalar bilan ishlanganda ko’zni ayniqsa ehtiyot qilish zarur. Undan oddiy ko’zoynak
bilan ham saqlanish mumkin. Bizning sanoatimiz hozirgi kunda ancha mukammallashgan
bakteritsid nur tarqatuvchi moslamalar, shiftga va devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar va
mayatnik kabi bakterial nurlatgichlar bilan ta’minlangan.
Devorga osiladigan bakterial
nurlatgichlar — ultrabinafsha nurlarini qo’llashdagi mukammallashgan moslamalardan hisoblanib,
moslamaning metall bilan o’ralgan qismida 2 ta BUV-ZO bakteritsid lampa va regulyator
o’rnatilgan. Lampalar shunday joylashtirilganki, ularning biri yuqori qismdagi havoni
zararsizlantirsa, biri pastki qismdagi havoni zararsizlantiradi. Shiftga osiladigan bakterial
nurlatgichlar — 30 m
3
hajmdagi xonani zararsizlantirish uchun mo’ljallangan bo’lib,
ekranlashtirilganligi sababli odam bor sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Moslama ichiga 4 ta
bakteritsid lampa 2 m
3
BUV-15 va 2 m
3
BUV-ZO o’rnatilgan. Xonani tez va sifatli
sterilizatsiyalashga 2 ta ekranlashtirilgan BUV-ZO lampalari yoritilib, ularni nurlari odamga ta’sir
qilmasligi uchun alyuminiyli qaytargichlar o’rnatilgan. Alyuminiyli
qaytargichlar shunday
o’rnatilganki, ular odam bor joyda, ularni nur ta’siridan muhofaza qiladi. Bunday nurlatgichlar
shiftga o’rnatilgan bo’lib, uning balandligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak. Mayak nurlatgichlar,
ko’chma turi moslashgan bo’lib, u shunga o’xshash ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan.
Xonalarni vaqtincha zararsizlantirishda va boshqa kerakli joylarda ultrabinafsha nurlarini
tarqatadigan manba sifatida ularga BUV-30 belgili 6 ta bakteritsid nurlari o’rnatilib, uning
umumiy nurlanish quvvati 19 baktga teng.
Dorixonalarda dorixatlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nur
tarqatuvchi moslamalar ham ishlatiladi. Bunga misol qilib P. V. Lopatin va E. P. YAranseva
tomonidan taklif etilgan atroflama o’ralgan yoyma ko’rinishdagi bakteritsid
lampali moslamani
ko’rish mumkin. Moslamaga dorixat, talabnomalar tuynukcha orqali o’tkaziladi. So’ng ularni valik
yordamida harakatga keltirib, valik usti 6 BUV-30 lampa yordamida zararsizlantirilib, pastki
qismida joylashgan dorixat qabul qutisiga o’tkaziladi va u yerdan olib ishga beriladi. Apparatda
dorixat, talabnoma, filtr va boshqa shunga o’xshash varaqalarni zararsizlantirish mumkin.
O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, asbobda bakteritsid lampalarni 5 daqiqali ta’siri
natijasida mikroorganizmlar soni 10400 dan 300 gacha kamaygan. Bakteritsid lampalar ta’sirida
nafaqat havo, qog’z, balki boshqa dorixonada aseptik sharoitda ishlatish uchun zarur bo’lgan
asbob- anjomlar ham zararsizlantirilishi mumkin.
Tozalangan suvni zararsizlantirish maqsadida ishlatiladigan moslamalar tuzilishi 2 xil:
1. Tozalangan suv alohida tarkibli shishadan yasalgan bakteritsid naychani ma’lum bir
masofa o’tish natijasida zararsizlantiriladi. 2. Suv o’tayotgan shisha trubkani har ikki tomonidan
bakteritsid lampa qo’yilib, ular atrof muhitga ultrabinafsha nurlarni
tarqatmaslik maqsadida,
dyuralyumin qaytargichlar bilan muhofazalanadi. Bunday moslamalar tozalangan suvni olish
manbalaridan (distillash asbobi) to ularni ishlatiladigan xonalarigacha (aseptik xona) uzatish
maqsadida moslangan shisha naychali uzatgichlarda, ularni boshlangich joylarida o’rnatiladi.
Ultrabinafsha nurlarini oddiy shisha orqali o’tmasligi, bunday moslamalarni eritmalar va
dori moddalarni zararsizlantirishda ishlatish imkonini bermaydi.