bu usul bilan haroratga chidamsiz bo’lgan suyuq preparatlar sterillanadi. Bu usulni umuman
filtrlashdan so’ng sterillangan dori moddalar eritmalari uchun qo’llash ham maqsadga muvofiqdir.
Bu mikroteshikchaning filtrlarni tozalash xususiyati mikroorganizm tanachalarini mexanik
to’siqda ushlab qolishga asoslangan bo’lmay, balki shu teshikcha devorlari va g’ovaklari orasiga
tanachalarining so’rilib (adsorbsiyalanib) qolishini ham ahamiyati katta. Tekshirishlarni
ko’rsatishicha, filtrlash usuli bilan sterillash natijasi mikroorganizm turi, uning eritmadagi miqdori
va filtrlash usuliga bog’liqdir.