• In’yeksion dori turlarining xususiy tayyorlanishi va ularni turg’unlashtirish.
  • Tarkibida 3% dan ortiq dorivor modda saqlagan in’yeksion eritmalarni tayyorlash
  • DORIXONA ShAROITIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN IN'YЕKSION DORILAR




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet274/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    DORIXONA ShAROITIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN IN'YЕKSION DORILAR
    I. ERITISh. In'yеksion eritmalar ogэirlik hajm usulida tayyorlanadi. Shu sababli dorixonada 
    har xil hajmdagi o’lchamli kolbalar bo’lishi kеrak. Eritish jarayoni quyidagicha o’tkaziladi: kеrakli 
    miqdordagi dorivor modda o’lchov kolbasiga solinadi, bir qism suvda eritiladi, so’ngra eritma 
    hajmi erituvchi bilan bеlgisigacha kеltiriladi. Bunda silindrlar va mеnzurkalar, aniq o’lchov 
    asboblari qo’llaniladi. In'yеksion eritmalarni tayyorlashda o’lchov kolbalari bo’lmagan holda ham 
    og’irlik hajm kontsеntratsiyasi bo’yicha tayyorlanadi. Bunda eritmalar suv miqdorini hisoblab 
    to’g’rilash bilan (eritish uchun kеrak bo’lgan suv miqdori hisoblanib) eritma og’irligi bo’yicha 
    tayyorlanadi. Dorivor modda va suv og’irlik bo’yicha eritmaning zichligiga qarab tortib ham 
    olinishi mumkin.
    In’yeksion dori turlarining xususiy tayyorlanishi va ularni turg’unlashtirish.
    Eritmalar turg’unligini aniqlaydigan asosiy ko’rsatkich bu uni tarkibidagi dorivor moddani 
    fizik-kimyoviy xususiyati hisoblanadi. Eritma tarkibidagi dori modda barqarorligi asosan moddani 
    o’zini turg’unligi hamda eritma tarkibidagi erituvchida eriganda xususiyatlarini o’zgartirishi 
    mumkinligi bilan ifodalanadi. In’yeksion eritmalar tayyorlashda esa bu xususiyatlar va 
    turg’unlikni o’zgarishi sterilizatsiya ta’sirida, ya’ni harorat ta’sirida bir necha bor tezlashishini 
    hisobga olish kerak. Dori moddalar parchalanishini bir qancha usullari borligini bilgan holda, 
    ulardan eng ko’p uchraydigani gidroliz hamda oksidlanish reaksiyalari bo’lgani uchun ham, biz 
    ana shu parchalanishlarga to’xtalib o’tamiz. Gidroliz tuzlarda, yog’larda, efir va uglevodlarda 
    uchraydigan parchalanish hodisasi bo’lib, u tuzning kimyoviy xususiyati, harorat hamda modda 
    konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’ladi.
    Tarkibida 3% dan ortiq dorivor modda saqlagan in’yeksion eritmalarni tayyorlash
    In’yeksion eritmalar og’irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Bu talab dori moddalar 
    konsentratsiyasi 3% dan ortiq bo’lganda, ya’ni og’irlik — hajm va og’irlik bo’yicha 
    konsentratsiyalar orasidagi farq sezilarli darajada o’zgarganda, alohida ahamiyat kasb etadi.
    Rp: Sol. Analgini 25%- 10 ml
    Sterilisetur!
    D.S. 100 flakon.
    25
    Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».-
    Москва.-2016. (760 bet)


    Eritma 2 xil tayyorlanishi mumkin:
    1. Steril ulchov kolbasiga 250g analgin aseptik sharoitda tortib olib solinadi. Ustiga 
    in’yeksiya uchun ishlatiladigan suvdan solib eritiladi va eritma hajmi 1 litrga yetkaziladi. 
    2. O’lchov kolbasi bo’lmaganda suv miqdori eritmaning zichligiga ko’ra hisoblab topiladi. 
    25% li analgin eritmasining zichligi 1,080 g / ml. Bundan 1 litr eritma og’irligi:
    1000ml x 1,080 g/ml = 1080 g
    In’yeksiya uchun ishlatiladigan suvning miqdori: 
    1080 g — 250g = 830 ml
    Steril yordamchi idishga 250 g analgin va 830 ml in’yeksiya suvi solib eritiladi.
    Erituvchi miqdorini dori moddasining hajm oshish koeffitsiyenti (HOK) orqali ham 
    hisoblash mumkin. Analginning HOK 0,68 ga teng. Bundan, 250 g analgin suvda eriganda eritma 
    hajmi 170 ml (250 x 0,68) ga ortadi. Demak, in’yeksiya uchun ishlatiladigan suvning miqdori: 
    1000 ml —170 ml = 830 ml bo’lishi kerak. 
    Tayyor eritma steril filtrlanib, 10 ml hajmdagi idishlarga qadoqlanadi. Idishning og’zi 
    rezinka probka va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexanik zarrachalar bor-yo’qligi 
    tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°C haroratda 8 daqiqa davomida sterillanadi. Yana qaytadan 
    mexanik zarrachalar bor-yo’qligi tekshirilib, tegishli yorliq yopishtiriladi. Eritmaning yaroqlilik 
    muddati 30 kun bo’lib, u qorong’i va salqin joyda saqlanishi lozim.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DORIXONA ShAROITIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN IN'YЕKSION DORILAR

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish