In’yeksion eritma sifatida apirogen suv olish uchun distillyasion apparatlarning turli xillari
taklif etilgan. Biz quyidagi konstruksiyalardagi distillyasion apparatlarni ko’rib chiqamiz. AA-1
apparati. Bu qurilma elektrotibbiyot jihozlari korxonasida ishlab chiqariladi. U tashqi ko’rinishi
bo’yicha distillangan suv oluvchi distillyator D-3 ga o’xshash bo’ladi, (1.28.-rasm) faqat o’lchami
bo’yicha kattaroq (540x280x1100 mm). Apparatning asosiy qismlari bug’lanish kamerasi (10), shu
kamerada joylashgan suv qaynagan paytda uning sachragan tomchilarini ushlagich (8),
kondensator (1), yiggich-tenglashtirgich (25) va elektrokalkondan iborat.
Bug’lagich kamerasi (10) tashqi tomonidan po’lat qoplama (9) bilan qoplangan. Bu qoplama
kameradagi issiqlikni yo’qotishdagi va ishlovchi xodimning issiqlikda kuyishidan saqlaydi.
Kameraning eng tubiga har biri 2 kVt kuchga ega bo’lgan to’rtta elektr isitgich (11)
joylashtirilgan. Bug’lanish kamerasida suv elektroisitgichlar yordamida isitiladi va bug’ga
aylanadi. Hosil bo’lgan bug’ sachragan suv tomchilarini ushlab qoluvchi to’r (8) va bug’ trubkasi
(7) orqali o’tib kondensatsion kamera (3) ga tushadi. Bu yerda bug’ tashqi tomondan sovuq suv
yuborilib, sovitiladi. Bunda bug’ kondensatsiyalanib apirogen suvga aylanadi.
Apirogen suv
kondensatorning tubidagi nippel (5) orqali tashqariga oqib chiqadi. Bug’latish va kondensatsion
kameralarda bosim oshib ketmasligi uchun ortiqcha bug’ni chiqarib yuboruvchi tirqish (8) bor.
Apparat oyoqlaridan biriga ortiqcha tokni yerga o’tkazib yuborishga
xizmat qiluvchi simni ulash
uchun maxsus gayka va shaybali bolt o’rnatilgan. Sovigan suv ventil (4) orqali kondensatorning
(1) suv kamerasi (2) ga tushadi. Keyin quyish trubkasi (15) orqali yiggich-tenglashtirgichga
tushadi. Bu yiggich-tenglashtirgich bug’lanish kamerasidagi suv sathini
bir xil miqdorda ushlab
turish uchun xizmat qiladi. Ish vaqtida bug’lanish kamerasi kerakli miqdorda suv bilan to’ldiriladi.
Qaynash boshlangandan so’ng suvning bir qismi kameraga, asosiy qismi esa shtutser (26)
orqali
kanalizatsiyaga tushadi.