ishlatiladi, 0,3% li eritmasi ko’z tomchilarini konservantlashda tavsiya etiladi. Sefirol turidagi
preparatlar: yuqori molekulali birikmalarni, to’rtlamchi ammoniy asosiga xos tuzlari: sefirol
(miristil — dimetil — benzilammoniy)- klaurin dimetilbenzilammoniy (xloridbenzalkoniy) ham
qo’llaniladi. Ikkala preparat ishqoriy reaksiyali rangsiz suyuqlik. Patogen mikroorganizmlarga
bakteriostatik va bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Ginekologiyada (0,5-1%li), xirurgiyada (0,1-0,5%),
qo’lni yuvish uchun (1%) eritmasi va asboblarni zararsizlantirishda ishlatiladi. 1:10000 eritmada
dori moddalar eritmasi tarkibida konservant sifatida foydalaniladi.
Konservantlardan yana spirt, glitserin, suvli ajratmalar tarkibida, xloroform, xloformli suv
(ekstraktlar ishlab chiqarishda), salitsil kislota (0,1%) qo’llaniladi. Konservantlar issiqlikka
chidamsiz dori moddalardan in’yeksion eritma tayyorlashda ishlatiladi. Bu moddalar qo’shilishida
albatta ularni ishlatish usullari va sharoitlari hisobga olinishi shart. Shunga ko’ra faqat shifokor
ko’rsatmasi bilan bajariladi.
Buning uchun signaturada konservantning olinish miqdori va qo’llanishi ko’rsatilishi kerak.
Ba’zi dorivor moddalar o’z-o’ziga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi, shu sababli ularga konservantlar
qo’shilmaydi. Masalan — geksametilentetramin eritmasi, aminazin eritmalari.