ishlatayotganda uni ustiga 1-2 qavat filtr qog’oz qo’yilsa, uning ifloslanishi kamayadi va ishlash
vaqti o’zayadi.
Membranali filtrlar — dori modda eritmalarini to’liq sterillash maqsadida qo’llaniladi,
g’ovak, sun’iy toladan — sellyuloza va uning efirlaridan olinib patron, disk shaklidagi filtrlar,
qalinligi 100 mkm va g’ovaklari 0,2-3 mkm li teshiklardan iborat. Tolalar eritma ta’siriga,
suyultirilgan kislota va ishqor ta’siriga chidamli, ammo spirt va efir ta’sirini sezuvchan
hisoblanadi. Membranali filtrlar quritilganda mo’rt, sinadigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ularni
tozalangan suvda konservant qo’shib saqlash kerak.
Materiallardan tayyorlangan filtrlarga misol qilib, Zeyts filtri va Salnikov filtrini keltirish
mumkin (31-rasm). Filtrning asosiy qismlaridan ramalar va ustki qopqog’i, filtrlaydigan asbest
plastinkalar rama orasida joylashtiriladi. Suyuqlik asbest plastinka orasidan o’tib filtrlanadi va
shtutserlar orqali tozalanib chiqadi. Yig’ilgan filtr moslamani ishlatishdan oldin sterillanadi. Filtr
bosim ostida ishlaydi.