|
Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 261/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Termik sterilizatsiya
Termik sterilizatsiya jarayonida mikrob to’qimalarining protoplazmasi pirogenetik
yemirilish natijasida qaytmas koagulyasiyaga uchraydi. Shuningdek, ferment sistemalari ham
shikastlanadi. Termik usul dorixonalarda, zavod sharoitlarida keng qo’llaniladi. Dori moddalar va
ayrim buyumlarni sterilizatsiya qilishda albatta ularning xususiyatlari, fizik va kimyoviy
xossalarini hisobga olib, ma’lum bir termik usul tanlanishi kerak.
Issiq bug’ bilan sterilizatsiya qilish
Barcha mikroorganizmlarga, ayniqsa ularning sporalariga quruq issiqdan ko’ra nam issiq
bug ta’sir qilishi ma’lum. Shu nuktai nazardan nam issiqlik sterilizatsiyalash uchun maqsadga
muvofiqdir. Dori tayyorlash jarayonida quyidagi nam issiqlik bug’ bilan sterilizatsiya qilish
usullari keng foydalaniladi: avtoklav, bug’ va bir necha bor isitish yo’li bilan sterilizatsiya kilish.
Avtoklav usuli
Germetik kamerada sof to’yintirilgan bug’ orqali atmosfera bosimidan yuqori bosimda
moddalarni sterillash usuliga aytiladi. X DF ko’rsatmasiga binoan avtoklav dorixona sharoitida
ishlatiladigan termik sterilizatsiyaning asosini tashqil qiladi. Bu usulda sterillash avtoklav deb
atalgan apparatlarda olib boriladi (25-rasm).
Avtoklav bug’ qozonlari turiga kiruvchi apparat hisoblanib ishlash jarayoni ham ularga
o’xshashdir. Qozondagi bug’ bosimining holatini o’rnatilgan manometr orqali kuzatish mumkin.
Avtoklavdagi manometr ko’rsatkichlari bir atmosferadan yuqori bo’lsa, avtoklav manometr millari
ham asta-sekin ko’tarila boshlaydi. Bug’ qozonidagi avtoklav tashqarisida o’rnatilgan manometr
(membranali yoki prujinali) orqali kuzatiladi. Manometr ko’rsatkichlari texnik atmosfera bosimiga
moslashtirilgan bo’lib, qozondagi bosim tashqi atmosfera bosimidan oshgandagina manometr
ortiqcha atmosferani ko’rsatadi. Shuning uchun uni ichkaridagi atmosfera yoki ortiqcha bosim
deb yuritiladi. Qozondagi atmosferani o’tkazish uchun esa manometr ko’rsatgichiga oddiy
atmosfera bosimi, ya’ni son hisobida atm qo’yib hisoblash kerak. Masalan, manometr 1 atm
ko’rsatsa, qozondagi bosim oddiy absolyut atmosferada 2 ata bo’ladi. Bosim ko’rsatkichiga to’gri
keladigan harorat 13-jadvalda keltirilgan.
|
| |