Indifferent modda poroshok tayyor bo‘lguncha qo‘shiladi va qancha olinganligi retsept hamda
signaturada ko‘rsatiladi.
Rp.: Tincturae Belladonnae gtt. II
Sacchari 0,3
Misce fiat pulvis
Da tales doses №6
Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Pasporti: Belladonna nastoykasi 12 tomchi
qand poroshogi 1,8 g
m
umumiy
=1,8g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,8∕6=0,3 g
Tayyorlanishi: bu retsept buyicha 1,8 g qand kukuni qizdirilgan hovonchada maydalanib,
uning ustiga 12 tomchi belladonna nastoykasi tomiziladi va sochiluvchan poroshok hosil
bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,3 g dan 6 ta mumli kogozga qadoqlanib, kogoz
xaltachaga
solinadi, so‘ng kerakli erlik epishtiriladi.