• Tayanch atama va iboralar
  • 6-Jadval SUYUQ DORI MODDALARNING DISPERS SISTEMA TURIGA BOG‘LIQLIGI 9 Dispers faza Sistema turi Dispers faza
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    5 - Ma‘ruza.
    MAVZU 5. 
    Suyuq dori turlari ta‘rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar 
    va ularning zamonaviy tasnifi.
    Ma‘ruza maqsadi:Suyuq dori turlariga ta'rif. Ularning tasnifi. Eritmalarni o‘ziga xos
    tayyorlanishi. Eruvchanlik. Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va 
    konsentratsiyasini belgilash usullari
    Reja:
    1.Suyuq dori shakllarini (SDSH) ta’rifi, tasnifi.
    2.Eruvchanlik.
    3.Erituvchilar.
    4.SDSH ga dorixat yozish usullari.
    5.Eritma tayyorlashni umumiy texnologik jarayoni.
    6.Eritmalariga xos tayyorlash usullari.
    Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq,
    byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.
    Suyuq dorilar har tomonlama dispers sistemalar bo‘lib, dispers muxitni suyuqlik va dispers 
    fazani dori moddalar tashqil etadi. Dori moddalar har uchchala agregat holda, ya‘ni suyuqlik, gaz 
    va qattiq modda holida bo‘lishi mumkin. Dispers muxit bilan boglanish holiga hamda dori 
    moddaning (dispers faza) maydalik darajasiga qarab suyuq dorilar:
    Haqiqiy eritma, yoki chin eritma.
    Yuqori molekulali moddalar eritmasi.
    Kolloid eritma.
    Osilmalar.
    Emulsiyalar.
    Yuqorida keltirilgan eritmalar birikmasidan tashqil topgan, aralash turdagi eritmalar 
    bo‘lishi mumkin.
    6-Jadval
    SUYUQ DORI MODDALARNING DISPERS SISTEMA TURIGA BOG‘LIQLIGI
    9
    Dispers
    faza
    Sistema turi
    Dispers faza
    zarrachalarining Dori shakli
    o‘lchami
    Glyukoza
    Chin eritma.
    Ion Molеkulа
    1 nm
    eritmasi, natriya
    xlorid eritmasi
    Chin eritma,
    Molеkulа
    1-100 nm
    Pеpsin, jеlatina
    yuqori
    molekulali
    eritmalari
    9
    Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-
    «ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (511 bet)


    moddalar eritmasi
    Kollargol,
    Kolloid eritma.
    Mitsеllalar
    1-100 nm
    protorgol
    eritmalari
    Suspenziyalar
    Oltingugurt va
    Osilmalar.
    Osilmalar
    0,1-50 mkm
    magniy
    oksid
    suspеnziyalari
    Emulsiyalar.
    Suv yoki moy zarrachalari
    1-150 mkm
    Moyli
    emulsiyalar
    Yuqorida
    keltirilgan
    eritmalar
    birikmasidanIonlar,
    molеkullar,
    1-150 nm
    Damlama,
    tashqil topgan,
    aralashsuyuqliqdagikattikzarrachalar
    kaynatma
    turdagi eritmalar
    Suyuq dori shakllarining turlanishi erituvchi xossalariga ham bog‘liq.
    Chin eritmalar tarkibidagi dori moddalarning o‘lchami, maydaligi jihatdan bu turdagi 
    eritmalar ion yoki molekula holida bo‘lgani uchun molekulyar dispersiyadagi yoki ion 
    dispersiyadagi sistemalar deb yuritiladi va ularning eritma tarkibidagi zarrachalari kattaligi 1 nm 
    dan oshmaydi. Bu eritmalarga: elektrolit bo‘lmagan dori moddalar (masalan glyukoza, shakar, 
    spirt) kiradi. Eritilgan mahsulot alohida kinetik energiyaga ega bo‘lgan molekula holida ajraladi. 
    Bir-biri bilan birlashgan agregat zarrachalar tarkibidagi molekula soni 2-3 molekuladan iborat va 
    undan oshmaydi. Ion dispersiyasidagi sistemalarda esa zarracha o‘lchami 0,1 nm dan oshmaydi. 
    Bu sistemaga elektrolit xossadagi dori moddalar (natriy xlorid, magniy sulfat, kaliy bromid, 
    kalsiy xlorid va boshk) kiradi. Erigan modda zarrachalari alohida ajralgan ion va ma‘lum bir 
    aniqlangan qismi molekula holida bo‘ladi. Chin eritmalarni elektron mikroskop yoki 
    ultramikroskopda qaralganda ham bir tusli (gomogen) holda ko‘rinadi. Ularning zarrachalari 
    oddiy filtrda ham, mikrofiltrda ham ajralmaydi. CHin eritmalar oson diffuziyalanadi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish