|
Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasiniBog'liq farmatsevtik texnologiya Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini
belgilash usullari
Bir xil tarkibdagi eritmalarning yozilish turi har xil bo‘lishi mumkin.
Rp: Solutionis Natrii benzoatis 1% — 200 ml
Natrii hydrocarbonatis 2,0
Misce. Da Signa. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Rp: Natrii benzoatis
Rp: Solutionis Natrii benzoatis 2,0-200 ml
Natrii hydrocarbonatis 2,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Yozilish uslubidan kat‘i nazar eritma og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Chunki umumiy
hajm har uchala holda ham 200 ml gacha bo‘lishi shart.
OG‘IRLIK-HAJM USULIDA DORI TURLARINI TAYYORLASH
Og‘irlik-hajm usuli bilan suyuq dorilar tayyorlashda dori modda tortib olinib, erituvchi
bilan belgilangan hajmgacha yetkaziladi. Eritma darajasini (1:2, 1:5, 1:10) nisbatda belgilaganda
ko‘rsatilgan hajmda qancha modda borligi tushuniladi. Masalan, 2:100 nisbati 100 ml hajmda 2,0
modda borligini ko‘rsatadi. Buni tayyorlash uchun esa 2,0 modda olib, 100 ml gacha erituvchi
solish kerak. Konsentratsiya protsent hisobida berilgan bo‘lsa, 100 ml hajmdagi moddani gramm
miqdori deb yoki ma‘lum bir hajmdagi protsent miqdor deb tushuniladi. Og‘irlik-hajm usuli
bilan eritmalar tayyorlanganda byuretka, pipetka, menzurka, silindr va shunga o‘xshash hajm-
o‘lchov asboblari hamda oldindan tayyorlab qo‘yilgan yuqori darajali eritmalar (konsentratlar)
dan foydalaniladi.
Yuqori darajali eritmalar shu dori moddani dorixatda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan
darajasidan yuqori darajada tayyorlangan "ishchi" eritmalar hisoblanib, ularni suyultirib,
dorixatda ko‘rsatilgan miqdorga keltiriladi.
Yuqori darajali eritmalar nomenklaturasi individual dorixatga bog‘liq bo‘lib, u har bir
dorixona sharoiti, joylanishi va kategoriyasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Dorixonalarda
ko‘p ishlatiladigan yuqori darajali eritmalar O‘zbekiston Soglikni Saqlash vazirligi tomonidan
tasdiklangan buyruq ilova ro‘yxatida keltirilgan.
|
| |