Yig‘malarning xususiy texnologiyasi




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/436
Sana01.02.2024
Hajmi7,28 Mb.
#149752
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Yig‘malarning xususiy texnologiyasi
Ich bo‗shatuvchi yig‗maga misol (Species laxans).
Rp.: Folium Sennae 40,0
Natrii et Kalii tartratis 10,0
Fructuum Anisi 10,0
Fructus Foeniculi 10,0
Florum Sambuci 30,0
Misce, fiant species
D.S. (osh qoshiqni 200 ml qaynatilgan suv bilan tayyorlang
Sano bargi 5 mm qilib qirqilib, elakdan o‗tkaziladi. Anis va shivit mevalari hovonchada 
maydalanadi va yirik kukun hosil qilinadi, buzina guli butun holda ishlatiladi. Senetov tuzini ikki 
hissa suvda eritiladi (ya‘ni 20 ml suv). Tayyorlangan suv bir tekisda suyuqlik miqdoridagi sano 
bargiga purkaladi. So‗ng quritgich javonida 30—40°C da quritiladi. Sano bargining qolgan 20 
g.ga anis va shivit hamda buzina gullari aralashtiriladi. Bu aralashmani birin- chi aralashmaga 
porsiyalar bilan bir xil aralashma hosil bo‗lguncha qo‗shib aralashtiriladi. Mumli qog‗ozdan 
qilingan ikki qavatli xaltalarda beriladi.
Qizdirish uchun ishlatiladigan yig‗maga misol.(Species ad cataplasmata).
Rp.:
Florum Chamomillae 30,0
Herbae Meliloti 40,0
Radicis Althaeae 30,0
Misce fiant specie
D.S. Yumshatuvchi yig‗ma qizdirib qo‗yish uchun.
Qashqarbedaning yer ustki qismi elakdan o‗tkaziladi, gulxayri ildizini 3 mm kattalikda 
bo‗laklarga bo‗lib qirqiladi. 30-elakda ikkalasini bir-biriga aralashtirib o‗tkazilib, moychechak 
guli qo‗shiladi, bir xil aralashma hosil bo‗lguncha aralashtiriladi. Ichki qavati mumlangan


haltachalarga qadoqlanadi. Issiq suv bilan qorishtirib, bo‗tqa tayyorlanib, toza surpga o‗rab, 
og‗riyotgan joyga qo‗yiladi.
Yig‗malar qadimdan dorixonada tayyorlangan. Hozirgi vaqtda ularning asosiy qismi 
farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Farmakologik qo‗mita tomonidan ishlab 
chiqilgan yig‗malarning hozirgi zamon retsepturasi davolovchi shifokorlarni to‗liq qoniqtiradi.

Download 7,28 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   436




Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish