Yig‗malar tutaganda ajralib chiqqan uchuvchan dori moddalar nafas yo‗li retseptorlariga ta‘sir
ko‗rsatadi. Bu yig‗malar yupqa qog‗ozga papiros yoki sigareta shaklida o‗rab beriladi.
Yig‗malar o‗ralgan qog‗oz kraxmaldan tayyorlangan yelim bilan yopishtiriladi. Yig‗malarning
tutashini tezlatish maqsadida natriy nitrat tarkibga kiritiladi.
Yig’malar tarkibiga dorivor o‗simliklarning qismlaridan quyidagilar kiritiladi: butun
holda — mayda gullar va gul savatchalari (masalan, bo‗yimodaron, moychechak, mar- jongul va
boshqalar), ayrim urug‗lar va rezavorlar qirqib elangan holda — barcha ildiz va ildizpoyalar,
po‗stloq, o’tlar, yirik barglar va ayrim gullar (lipaguli), yanchilgan, maydalangan mevalar,
urug‗lar va ayrim mo‗rt barglar. O‗simlik mahsulotining maydalanish darajasi qo‗llanilishiga
ko‗ra yig‗ma turiga bog‗liq. Ichish va og‗izni chayish uchun damlama va qaynatmalarni
tayyorlash uchun yig‗ma va choylar tarkibiga kiradigan o‗simlik qismlarining maydaligi, bargi,
guli va yer ustki qismlarining kattaligi — 5 mm, poyasi, po‗stlog‗I va ildizlari — 3 mm.dan
ortiq bo‗lmasligi kerak, meva urug‗lar — 0,5 mm bo‗ladi. Vanna qilish va qizdirib qo‗yish
uchun ishlatiladigan yig‗malar tarkibiga kirgan o‗simlik xom ashyolarning kesilgan
bo‗lakchalarining kattaligi 2 mm. dan oshmasligi kerak. Tayyorlanadigan yig‗malarning mayda
yirikligi XDF bo‗yicha bir necha elaklar to‗plamidan foydalanib aniqlanadi. O‗sim- lik
qismlarini maydalayotganda ma‘lum miqdori kukun bo‗lib ketadi. Shu boisdan yig‗malar
tayyorlashdan oldin mahsulot ko‗zining diametri 0,2 mm.li elakda elanadi. Yig‗malar
tayyorlashda asosiy qiyinchilik — tarkibiy qismlarni bir xilda aralashtirish bo‗lib, o‗simlik
qismlarining shakli, kattaligi va og‗irligining har xilligi ushbu qiyinchilikni tug‗diradi.
Dorixonalarda yig‗malar katta silliq qog‗oz yoki oyna ustida kapsula turkalar, shpatellar yoki
qog‗oz kurakchalar yordamida aralashtirib tayyorlanadi. Bunda oldin o‗simlik qismlaridan
kamrog‗I olinib, qolgani asta-sekin qo‗shib boriladi. Agar yig‗malar tarkibiga efir moylari
kirsa, ularning spirtdagi (90 % li) eritmasini (1:10) tayyorlab qo‗shiladi. Yig‗mani tayyorlab,
oyna ustiga siyrak qilib yoyib, efir moyi eritmasi purkagich bilan purkab, aralashtiriladi va 40°C
dan yuqori bo‗lmagan haroratda quritiladi.