– "o‘xshashi o‘xshaydiganda eriydi".
Amalda bu qoida, biron bir moddani eritish uchun
shunday erituvchi olinishi kerakki, ularning struktura tuzilishi o‘xshash bo‘lsin
yoki bir-biriga
yaqin kimyoviy xossasi ega bo‘lishi kerak, deb tushuniladi.
Suyuqliklarni suyuqlikda erish darajasi turlicha bo‘ladi. Bir-birida juda yaxshi eriydigan
suyuqliklar bor (masalan, suv va spirt). Buning sababi molekulalar o‘rtasidagi o‘xshashlik. Bir-
birida ma‘lum qismda eriydigan suyuqliklar (masalan, efir va suv) va bir-birida amalda
erimaydigan suyuqliklar mavjud (benzol va suv). Qutbli va qutbsiz suyuqliklar ham ma‘lum bir
qismda bir-birida eriydi. Harorat ko‘tarilishi bilan suyuqliklarning bir-birida erishi kuchayadi.
Ko‘pincha ikki suyuqlik aralashmasi o‘ziga xos ma‘lum bir harorat bir-biri bilan cheklanmagan
miqdorda aralashib ketadi. (masalan fenol, suv aralashmasi 68-80°
S da bir-biri bilan
cheklanmagan holda aralashadi). Bosimning o‘zgartirilishi erish jarayoniga ham ta‘sir qiladi.
Ichish uchun tayyorlanadigan eritma tarkibidagi erituvchi sifatida odatda tozalangan suv
olinadi. Tozalangan suv farmakologik indifferent suyuqlik hisoblanadi. Agar eritma tarkibidagi
suyuqlik dorixatda ko‘rsatilmasa, albatta tozalangan suv olinishi zarur.
Suv ham ma‘lum bir erituvchi xususiyatiga ega va u ma‘lum
bir guruh dori moddalarni
ma‘lum bir qismda eritishi mumkin. Modda eruvchanligi deb, 100 g eritmani to‘yintirish uchun
kerak bo‘lgan moddaning gramm miqdoriga aytiladi. Dori moddalar eruvchanligi to‘grisidagi
ma‘lumot davlat farmakopeyasida va shu dori moddasini ifodalovchi ma‘lum texnik
ma‘lumotlarda keltirilgan. XI Davlat farmakopeyasida (1 tom, 176-bet) eruvchanlikni belgilash
uchun quyidagi atamalar qabul qilingan.