|
Science and e ducation
|
bet | 1/2 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 37,92 Kb. | | #264105 |
Bog'liq korxonalarda-strategik-boshqaruv-tizimi
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
Nodir Gʻiyosaliyevich Xidirov Mohinur Umar qizi Turdiyeva Laylo Nuraliyevna Umarova Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvini takomillashtirish, unga ta’sir qiluvchi omillar, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yoʻllari hamda boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: strategik boshqaruv, korxona faoliyati, raqobatbardoshlik, trend, boshqaruvni takomillashtirish, ichki va tashqi omillar, innovatsiya, integral koʻrsatkich, strategiya, baholash, korxona barqarorligi
Strategic management system in enterprises
Nodir Giyosalievich Khidirov Mokhinur Umar kizi Turdieva Layla Nuralievna Umarova Tashkent Institute of Finance
Abstract: This article examines the effectiveness of strategic management of enterprises, the factors affecting it, methods for increasing the competitiveness of enterprises and the issues of improving the organizational and economic management mechanism.
Keywords: strategic management, enterprise activity, innovation, integration indicators, strategy, estimation, sustainability of enterprise
KIRISH
Hozirgi kunda har bir sohani togʻri boshqarishda strategik menejmentning ahamiyati katta. Uning asosiy vazifalaridan biri korxonani rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishdir. Korxonada byudjet tizimini ishlab chiqish uchun kompaniya ichidagi rejalarni ya’ni strategik reja, oʻrta muddatli va taktik rejalarni amalga oshirishi kerak. Hozirda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning dolzarbligi ortib bormoqda. Albatta, bu jarayon ularning vakolatini kengayishi hamda korxonaning iqtisodiy ahvoli uchun javobgarlikning oshganligi bilan bogʻliqdir. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi davlat tomonidan dolzarb masalalardan etib belgilangan [1].
Strategiya ilgʻor xorijiy tajribani, shu jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababdan korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri sanaladi.
Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bogʻliq boʻladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi boʻlmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan boʻlsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam oʻrin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo koʻpgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning oʻzgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham oʻz yеchimini topmaganligini koʻrsatadi, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq.
ADABIYOTLAR SHARHI
Korxonalarning strategik boshqaruvini rivojlantirish boʻyicha juda koʻplab xorijiy hamda mahalliy olimlar oʻz ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan, xorij olimlaridan R.S.Kaplan, D.P.Norton asarlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari keng koʻrib chqilgan [3]. Ushbu olimlarning asosiy qarashlari strategik boshqaruv tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorlik koʻrsatkichini baholashga qaratilgan.
I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini oʻrganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarni baholash muhim oʻrin tutadi [2]. Uning e’tiborida korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun prognozlar tuzish, ekstropflyatsiya usulini qoʻllash zarur.
M.Porter qarashlarida kompaniyalarning rivojlanishida innovatsiyalarning oʻrni, ularni qoʻllash xususiyatlari, kompaniyaning barqaror rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning ta’sir masalalari tadqiq etilgan [4].
Mahalliy olimlardan, R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripov qarashlarida esa korxona alohida obyekt sifatida qaralib, uning mazmun va mohiyati, unga qoʻyiladigan talablar, koʻrsatkichlar tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari
atroflicha yoritib berilgan [5]. Korxonalar boshqaruvi va ularga qoʻyiladigan talablar, tamoyillar, boshqaruv shakllari baholab berilgan.
I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning ilmiy qarashlarida korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmi muammolari, ularni yеchish boʻyicha takliflar, boshqaruv usullari, boshqaruvda optimal variantni tanlash, boshqaruv samaradorligini baholash kabi masalalar yoritib berilgan [6].
G.Sh.Xonkeldiyeva ilmiy izlanishlarida korporatsiyalarni boshqarish, tashkiliy– iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash, ragʻbatlantirish va samaradorligini oshirish yoʻnalishlari yoritilgan [8]. Xalqaro tajribalar dan kelib chiqib, korporativ boshqaruvni zamonaviy usullaridan foydalanish yoʻllari, milliy tuzilmalarni shakllantirish, iqtisodiy koʻrsatkichlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
R.R.Abduraupov qarashlarida Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilgan [9].
Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy-nazariy izlanishlarga qaramasdan, aynan bugungi globallashuv va demokratik bozor islohotlari sharoitida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashga qaratilgan masalalar tizimli holda yoritib berilmaganligi korxonalarda strategik boshqaruv tizimidagi muammolarni tadqiq etish zaruriyatini yaratadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Korxonalardagi strategik boshqaruv tizimini koʻrib chiqishimiz uchun avvalambor biz strategik reja haqida tushunchaga ega boʻlishimiz kerak. Strategik reja, bu tashkilotning maqsadli xulq-atvori konseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, uning strategik majmuasini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Strategik reja murakkab ichki tuzilishga ega boʻlib, korxona faoliyatining koʻp maqsadli xususiyatini aks ettiradi va reja va dasturlar tizimini shakllantirishni taqozo etadi. Oʻz tarkibida strategik reja rasmiylashtirilgan rejalashtirish hujjati boʻlib, u alohida rejalashtirish vazifalarida koʻrsatilgan korxonaning strategik majmuasini ifodalaydi [9]. Strategik rejaning zarur tarkibiy qismlari yordamchi rejalar, dasturlar, smetalar, byudjetlardir. Strategik rejalar va dasturlarni amalga oshirish vositalari joriy va operatsion rejalardir. Oʻrta muddatli rejalashtirish tizimi strategik maqsadlarga erishish ketma-ketligini (strategik rejalarni amalga oshirish bosqichlari), bozor konyunkturasining rivojlanish istiqbollarini, iste’mol talabining prognoz qilinayotgan dinamikasini va mavjud resurs salohiyatini hisobga olgan holda belgilashni ta’minlaydi.
Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini isloh qilish, raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan har bir korxonaga qoʻyilgan maqsad va
vazifalarni bajarishda ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiy oʻsish uchun barqaror shart-sharoitlarni ta’minlash manfaatlarini koʻzlagan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibi va tuzilmasini optimallashtirish;
korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida boʻlishi yoki saqlanishining mezonlarini (asoslarini) belgilash;
davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash boʻyicha talablarni oʻrnatish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu jumladan, boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash hisobidan ularning raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ boshqaruv darajasi va axborot shaffofligini oshirish.
Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini ta’minlash, nazoratning uzluksizligi va loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Aniqlik tamoyili har bir davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga erishish usullarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi. Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi, mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash va hisobini yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga oshirish orqali ta’minlaydi.
Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yoʻli bilan erishiladi. Korxona toʻgʻrisida tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, huquqiy shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona oʻzining faoliyati davomida davlat, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarda boʻladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida oʻzining katta hissasini qoʻshadi.
Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz ravishda joriy etilishi bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli ustunlikka erishishlarida innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: “ kompaniya
raqobatdagi ustunlikni innovatsiyalar vositasida qoʻlga kiritadi. Ular yangi kiritilgan tartib-qoidalarga ham yangi texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng ma’noda foydalangan holda yondashadilar. Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni faqat muntazam ravishda yaxshilashlar yordamida qoʻlda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar innovatsiyalarni takomillashtirish va joriy etishdan toʻxtagan har qanday kompaniyani darhol va albatta chetlab oʻtib ketadilar” [5].
Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchilar uchun raqobatchilarning tovarlariga nisbatan koʻproq oʻziga tortuvchan boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish –ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun moʻljallangan zarur shartidir. Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan boʻladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni ta’minlovchi yangi elementlarni joriy etishga boʻlgan layoqat, shu korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir.
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori boʻlsa, mahsulot ishlab chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past boʻladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan yuqori turuvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.
Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga oʻtish zarurati tufayli yuzaga kelgan obyektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy omillarning samarali ravishda oʻzaro hamkorlikda ishlash muammolarini kompleks hal etilishini talab qiladi. Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni oqilona uygʻunlashtirish innovatsion-investitsion jarayonni boshqarishning markaziy masalasini tashkil etadi.
1-jadvalda korxonaning barqarorligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarga baho berilgan. Unda korxonalardagi asosiy innovatsion yoʻnalishlar hamda innovatsiyalarni joriy qilishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, shu bilan birga innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda qoʻllab-quvvatlashni ta’minlovchi omillar tahlil etilgan.
1-jadval
Korxonalar faoliyatining barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili1
№
|
Omillar
|
Omillar ta’siri natijalari
|
1
|
Bilim va koʻnikma
|
Ishlab chiqarish korxonalarida aynan boshqaruv (bozor iqtisodiyoti qonunlari)
boʻyicha bilim va koʻnikmalarni yetishmasligi innovatsion boshqaruvni joriy qilishga toʻsqinlik qiladi
|
2
|
Markazlashish darajasi
|
Markazlashuv darajasining yuqoriligi quyi pogʻona boshqaruvchilarini ijodiy
fikrlash va boshqaruvda ijodiy yondashish imkoniyatini cheklaydi.
|
3
|
Kommunikatsiya tizimi
|
Kommunikatsiya tizimini yaxshi tashkil qilinmagayligi yoki boshqaruvchini ulardan samarali foydalana olmasligi axborot va yangiliklarni ayrim hollarda
oʼz vaqtida yetkazish muammosini keltirib chiqarmoqda.
|
4
|
Shartnoma
munosabatlari
|
Boshqaruvchi va xodim belgilangan vazifalarni aniq bilmasligi va ularga amal
qilinmasligi boshqaruv jarayonini rivojlantirishga toʼsqinlik qilmoqda.
|
5
|
Innovatsiyalarga
boʻlgan qiziqish
|
Boshqaruvchilar tomonidan innovatsiyalarga boʼlgan qiziqishning pastligi
yaʼni boshqaruvdagi egiluvchanlik qobiliyatining kamligi.
|
6
|
Ragʻbatlantirish
|
Boshqaruvda ragʼbatlantirish tizimini mukammal ishlab chiqilmaganligi
innovatsion boshqaruvni joriy qilishga qiziqishni pasaytiradi.
|
Omillarning koʻpligi, ularni muayyan belgilar boʻyicha tasniflanishini amalga oshirishga imkon beradi.
Korxonaning tashqi omillariga quyidagilar kiradi: iqtisodiyot sohasida davlatning inqirozga qarshi qaratilgan siyosati; mamlakatdagi demografik vaziyat; siyosiy barqarorlik; fan va texnikaning taraqqiyoti; transport infratuzilmasini rivojlanganligi. Ichki omillar korxonaning ichki muhitida, uning kichik tizimlarida (xodimlar, ishlab chiqarish, marketing, sotish, moliya, tashkiliy tuzilma) shakllanadi.
Ichki omillarni boshqarish korxonaga barqarorlikni mustahkamlashning rezervlarini aniqlash va tashqi omillar oʻzgargan taqdirda, ishlab chiqarishni tezkor ravishda boshqarish imkonini beradi.
Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirish-gacha boʻlgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib oʻtish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtirilganlik xususiyatiga ega boʻlib boradi. Mohiyatiga koʻra, korxona tomonidan boshqarishning nomarkazlashtirilgan sxemasiga oʻtish obyektga, uni boshqa holatga oʻtkazish uchun maqsadga yoʻnaltirilgan tashqi ta’sir sifatidagi boshqaruv tizimini ham oʻzgartiradi. Noma’lum boʻlgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik sifatida, maqsadga yoʻnaltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega boʻlishi kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir.
Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi, shakllantirilayotgan xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin:
rasm: Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi2
Korxonalarni faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik koʻrsatkichlari hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Tahlil natijalariga koʻra, korxonalar innovatsion faoliyatining strategik boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim koʻnikma malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi ma’lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, boshqaruvdagi xodimlarni innovatsiyaga boʻlgan qiziqishini oshirish, ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini oʻziga yuklatilgan vazifalarni aniq va toʻliq tushunishi hamda ularni oʻz vaqtida bajarishini ta’minlash, norasmiy muloqotlar darajasini kamaytirish xizmat qiladi [7].
Insonning ilmiy-texnik faoliyati natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ilgari mavjud boʻlgan turlarini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayon innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsiyani joriy etish natijalari kompaniyalarga raqobatda muhim ustunlikka ega boʻlish imkonini beradiki, bu, korxona uchun muhim ragʻbatlantiruvchi omil boʻladi.
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, korxonalar ilm fandagi ilgʻor resurs tejamkor ishlanmalarni joriy qilishidan manfaatdor ekanligini, ikkinchidan bu global tadbir natijasida respublikamiz korxonalari salohiyatini yanada rivojlantirish orqali uning investitsion jozibadorligini oshirish, uchinchidan, korxonalarda chuqur diversifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali barqaror va sifatli tovar mahsuloti ishlab chiqarish hamda samaradorlikni tubdan oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
jadval
Korxonalar rivojlanishining SWOT tahlili3
Kuchli tomonlari
|
Kuchsiz tomonlari
|
Korxonalarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari ishlab chiqilganligi
|
Korxonalarda zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirish boʻyicha kadrlar yetishmasligi
|
Korxonalarda berilayotgan moliyaviy imkoniyatlar
|
Mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda
infratuzilmalar yetishmasligi
|
Korxonalarda eksport qilish imkoniyatlarining
yuqoriligi
|
Mahsulotlarni sotish va saqlashdagi muommolarning
mavjudligi
|
Imkoniyatlari
|
Xavf-xatar yoki tahdidlar
|
Korxonalarda mahsulot va xizmatlani
diversifikatsiyalash imkoniyatlari
|
Ichki va tashqi bozorlarda narx navoning oʻzgarishi
|
Ichki bozordan foydalanish imkoniyatlari
|
Jahon bozorida raqobatning kuchayishi
|
Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyati
|
Davlatlardagi iqtisodiy siyosiy vaziyat oʻzgarishi
|
2 Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan
Respublikamiz korxonalarini barqaror rivojlanishi va boshqarishni oʻziga xos jihatlari amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan SWOT-tahlil asosida baholanadi (2- jadval).
SWOT-tahlil strategik rejalashtirish usuli hisoblanib, tashkilotning ichki va tashqi muhitlardagi mavjud omillarini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Ular toʻrtta kategoriyaga ajratiladi, ya’ni Strengths (kuchli tomonlari), Weaknesses (boʻsh tomonlari), Opportunities (imkoniyatlari) va Threats (xavf-xatarlari).
Keltirilgan jadvaldan koʻrinib turibdiki, korxonalar faoliyatini boshqarishda kuchli tomonlar bilan bir qatorda, zaif tomonlari ham mavjud ekan. Shuning uchun boshqaruv va xoʻjalik sub’ektlari rahbarlari boʻsh tomonlarga alohida jiddiy e’tibor berishlari kerak, aks holda kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Oxir- oqibatda korxona faoliyati iqtisodiy rivojlanishning omili emas, balki uning teskarisiga aylanishi mumkin.
XULOSA
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, avvalo, boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur. Yuqori sifatli va raqbotbardosh mahsulotlarni eng kam xarajatlar asosida ishlab chiqarish eng koʻp daromad olishni ta’minlab, inqirozga uchrashdan saqlaydi hamda har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruvning barcha vazifalari ushbu maqsad amalga oshishiga xizmat qilishi lozim. Boshqaruvning samaradorligiga koʻp jihatdan korxona oldiga qoʻyilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalarning oʻzaro munosabatlari yordamida erishiladi.
|
| |