• Kalit soʻzlar
  • Keywords
  • Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi




    Download 347,26 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana09.01.2024
    Hajmi347,26 Kb.
    #132949
      1   2
    Bog'liq
    korxonalarda-strategik-boshqaruv-tizimi



    Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi 
     
    Nodir Gʻiyosaliyevich Xidirov 
    Mohinur Umar qizi Turdiyeva 
    Laylo Nuraliyevna Umarova 
    Toshkent moliya instituti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvini 
    takomillashtirish, unga ta’sir qiluvchi omillar, korxonalarning raqobatbardoshligini 
    oshirish 
    yoʻllari 
    hamda 
    boshqaruvning 
    tashkiliy-iqtisodiy 
    mexanizmlarini 
    takomillashtirish masalalari yoritib berilgan. 
    Kalit soʻzlar: strategik boshqaruv, korxona faoliyati, raqobatbardoshlik, trend, 
    boshqaruvni takomillashtirish, ichki va tashqi omillar, innovatsiya, integral 
    koʻrsatkich, strategiya, baholash, korxona barqarorligi 
    Strategic management system in enterprises 
     
    Nodir Giyosalievich Khidirov 
    Mokhinur Umar kizi Turdieva 
    Layla Nuralievna Umarova
    Tashkent Institute of Finance 
     
    Abstract: This article examines the effectiveness of strategic management of 
    enterprises, the factors affecting it, methods for increasing the competitiveness of 
    enterprises and the issues of improving the organizational and economic management 
    mechanism. 
    Keywords: strategic management, enterprise activity, innovation, integration 
    indicators, strategy, estimation, sustainability of enterprise 
     
    KIRISH 
    Hozirgi kunda har bir sohani togʻri boshqarishda strategik menejmentning 
    ahamiyati katta. Uning asosiy vazifalaridan biri korxonani rivojlantirish strategiyasini 
    amalga oshirishdir. Korxonada byudjet tizimini ishlab chiqish uchun kompaniya 
    ichidagi rejalarni ya’ni strategik reja, oʻrta muddatli va taktik rejalarni amalga oshirishi 
    kerak. Hozirda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning dolzarbligi ortib 
    bormoqda. Albatta, bu jarayon ularning vakolatini kengayishi hamda korxonaning 
    iqtisodiy ahvoli uchun javobgarlikning oshganligi bilan bogʻliqdir. Shuni alohida 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    670


    ta’kidlash kerakki, 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va 
    isloh qilish strategiyasi davlat tomonidan dolzarb masalalardan etib belgilangan [1]. 
    Strategiya ilgʻor xorijiy tajribani, shu jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
    tashkilotining davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha 
    tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va 
    davlat unitar korxonalarini boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va 
    ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar 
    samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababdan korxonalarga 
    eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi muhim 
    vazifalardan biri sanaladi.
    Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga 
    bogʻliq boʻladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi boʻlmasa u yoki bu 
    xatoliklar bilan ishlab chiqilgan boʻlsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va 
    mustahkam oʻrin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot 
    strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo koʻpgina 
    strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning oʻzgaruvchan shart-sharoitlariga 
    moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari 
    ham oʻz yеchimini topmaganligini koʻrsatadi, bunday hol, birinchi navbatda, korxona 
    rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. 
    ADABIYOTLAR SHARHI 
    Korxonalarning strategik boshqaruvini rivojlantirish boʻyicha juda koʻplab 
    xorijiy hamda mahalliy olimlar oʻz ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan, xorij 
    olimlaridan R.S.Kaplan, D.P.Norton asarlarida strategik boshqaruv tizimida 
    korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari 
    keng koʻrib chqilgan [3]. Ushbu olimlarning asosiy qarashlari strategik boshqaruv 
    tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorlik 
    koʻrsatkichini baholashga qaratilgan. 
    I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini 
    oʻrganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarni baholash muhim oʻrin tutadi [2]. Uning 
    e’tiborida korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun 
    prognozlar tuzish, ekstropflyatsiya usulini qoʻllash zarur. 
    M.Porter qarashlarida kompaniyalarning rivojlanishida innovatsiyalarning oʻrni, 
    ularni qoʻllash xususiyatlari, kompaniyaning barqaror rivojlantirilishiga faqat 
    innovatsiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat 
    ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning ta’sir masalalari tadqiq etilgan [4]. 
    Mahalliy olimlardan, R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripov qarashlarida esa 
    korxona alohida obyekt sifatida qaralib, uning mazmun va mohiyati, unga qoʻyiladigan 
    talablar, koʻrsatkichlar tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    671


    atroflicha yoritib berilgan [5]. Korxonalar boshqaruvi va ularga qoʻyiladigan talablar, 
    tamoyillar, boshqaruv shakllari baholab berilgan. 
    I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning ilmiy qarashlarida korxonalar faoliyatini 
    boshqarish mexanizmi muammolari, ularni yеchish boʻyicha takliflar, boshqaruv 
    usullari, boshqaruvda optimal variantni tanlash, boshqaruv samaradorligini baholash 
    kabi masalalar yoritib berilgan [6]. 
    G.Sh.Xonkeldiyeva ilmiy izlanishlarida korporatsiyalarni boshqarish, tashkiliy–
    iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash, ragʻbatlantirish va samaradorligini oshirish 
    yoʻnalishlari yoritilgan [8]. Xalqaro tajribalar dan kelib chiqib, korporativ boshqaruvni 
    zamonaviy usullaridan foydalanish yoʻllari, milliy tuzilmalarni shakllantirish, iqtisodiy 
    koʻrsatkichlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
    R.R.Abduraupov qarashlarida Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar 
    iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy 
    yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilgan [9]. 
    Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy-nazariy 
    izlanishlarga qaramasdan, aynan bugungi globallashuv va demokratik bozor islohotlari 
    sharoitida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va 
    iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashga qaratilgan 
    masalalar tizimli holda yoritib berilmaganligi
    korxonalarda strategik boshqaruv 
    tizimidagi muammolarni tadqiq etish zaruriyatini yaratadi. 
    TAHLIL VA NATIJALAR 
    Korxonalardagi strategik boshqaruv tizimini koʻrib chiqishimiz uchun 
    avvalambor biz strategik reja haqida tushunchaga ega boʻlishimiz kerak. Strategik reja, 
    bu tashkilotning maqsadli xulq-atvori konseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, 
    uning strategik majmuasini amalga 
    oshirish vositasi hisoblanadi. 
    Strategik reja 
    murakkab ichki tuzilishga ega boʻlib, korxona faoliyatining koʻp maqsadli xususiyatini 
    aks ettiradi va reja va dasturlar tizimini shakllantirishni taqozo etadi. Oʻz tarkibida 
    strategik reja rasmiylashtirilgan rejalashtirish hujjati boʻlib, u alohida rejalashtirish 
    vazifalarida koʻrsatilgan korxonaning strategik majmuasini ifodalaydi 
    [9]. 
    Strategik 
    rejaning zarur tarkibiy qismlari yordamchi rejalar, dasturlar, smetalar, byudjetlardir. 
    Strategik rejalar va dasturlarni amalga oshirish vositalari joriy va operatsion rejalardir. 
    Oʻrta muddatli rejalashtirish tizimi strategik maqsadlarga erishish ketma-ketligini 
    (strategik rejalarni amalga oshirish bosqichlari), bozor konyunkturasining rivojlanish 
    istiqbollarini, iste’mol talabining prognoz qilinayotgan dinamikasini va mavjud resurs 
    salohiyatini hisobga olgan holda belgilashni ta’minlaydi. 
    Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini 
    isloh qilish, raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va 
    tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan har bir korxonaga qoʻyilgan maqsad va 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    672


    vazifalarni bajarishda ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Maqsadga erishish 
    uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
    - iqtisodiy oʻsish uchun barqaror shart-sharoitlarni ta’minlash manfaatlarini 
    koʻzlagan 
    holda, 
    davlat 
    ishtirokidagi 
    korxonalar 
    tarkibi 
    va 
    tuzilmasini 
    optimallashtirish; 
    - korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida boʻlishi yoki 
    saqlanishining mezonlarini (asoslarini) belgilash; 
    - davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash boʻyicha 
    talablarni oʻrnatish; 
    - davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu 
    jumladan, boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash 
    hisobidan ularning raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ 
    boshqaruv darajasi va axborot shaffofligini oshirish. 
    Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini ta’minlash, nazoratning 
    uzluksizligi va loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Aniqlik tamoyili har bir 
    davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga 
    erishish usullarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa 
    boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi. Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi 
    korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) 
    funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi, 
    mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash va hisobini 
    yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga oshirish 
    orqali ta’minlaydi.
    Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari 
    va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat 
    jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki 
    egasining manfaatlarini ta’minlash yoʻli bilan erishiladi. Korxona toʻgʻrisida 
    tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, huquqiy 
    shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi 
    boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab 
    chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, 
    xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng 
    huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga 
    chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona oʻzining faoliyati davomida davlat, 
    fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarda 
    boʻladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida oʻzining katta hissasini 
    qoʻshadi. 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    673


    Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz 
    ravishda joriy etilishi bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli 
    ustunlikka erishishlarida innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: “....kompaniya 
    raqobatdagi ustunlikni innovatsiyalar vositasida qoʻlga kiritadi. Ular yangi kiritilgan 
    tartib-qoidalarga ham yangi texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng 
    ma’noda foydalangan holda yondashadilar. Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi 
    ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni faqat muntazam ravishda 
    yaxshilashlar yordamida qoʻlda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar innovatsiyalarni 
    takomillashtirish va joriy etishdan toʻxtagan har qanday kompaniyani darhol va albatta 
    chetlab oʻtib ketadilar” [5]. 
    Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchilar uchun raqobatchilarning 
    tovarlariga nisbatan koʻproq oʻziga tortuvchan boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish va 
    sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish –ishlab chiqarishni 
    ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun moʻljallangan zarur shartidir. 
    Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini 
    ishlab chiqish uchun asos boʻladi. 
    Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan 
    boʻladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har 
    qanday ustunlikni ta’minlovchi yangi elementlarni joriy etishga boʻlgan layoqat, shu 
    korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir. 
    Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori boʻlsa, mahsulot ishlab 
    chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past 
    boʻladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan 
    yuqori turuvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.
     
    Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga oʻtish zarurati tufayli yuzaga 
    kelgan obyektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy 
    va iqtisodiy omillarning samarali ravishda oʻzaro hamkorlikda ishlash muammolarini 
    kompleks hal etilishini talab qiladi. Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni 
    oqilona uygʻunlashtirish innovatsion-investitsion jarayonni boshqarishning markaziy 
    masalasini tashkil etadi.
    1-jadvalda korxonaning barqarorligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarga baho 
    berilgan. Unda korxonalardagi asosiy innovatsion yoʻnalishlar hamda innovatsiyalarni 
    joriy qilishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, shu bilan birga innovatsiyalarni ishlab 
    chiqish hamda qoʻllab-quvvatlashni ta’minlovchi omillar tahlil etilgan.
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    674


    1-jadval 
    Korxonalar faoliyatining barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
    1
     
    № 
    Omillar 
    Omillar ta’siri natijalari 

    Bilim va koʻnikma 
    Ishlab chiqarish korxonalarida aynan boshqaruv (bozor iqtisodiyoti qonunlari) 
    boʻyicha bilim va koʻnikmalarni yetishmasligi innovatsion boshqaruvni joriy 
    qilishga toʻsqinlik qiladi 

    Markazlashish darajasi 
    Markazlashuv darajasining yuqoriligi quyi pogʻona boshqaruvchilarini ijodiy 
    fikrlash va boshqaruvda ijodiy yondashish imkoniyatini cheklaydi. 

    Kommunikatsiya 
    tizimi 
    Kommunikatsiya tizimini yaxshi tashkil qilinmagayligi yoki boshqaruvchini 
    ulardan samarali foydalana olmasligi axborot va yangiliklarni ayrim hollarda 
    oʼz vaqtida yetkazish muammosini keltirib chiqarmoqda. 

    Shartnoma 
    munosabatlari 
    Boshqaruvchi va xodim belgilangan vazifalarni aniq bilmasligi va ularga amal 
    qilinmasligi boshqaruv jarayonini rivojlantirishga toʼsqinlik qilmoqda. 

    Innovatsiyalarga 
    boʻlgan qiziqish 
    Boshqaruvchilar tomonidan innovatsiyalarga boʼlgan qiziqishning pastligi 
    yaʼni boshqaruvdagi egiluvchanlik qobiliyatining kamligi. 

    Ragʻbatlantirish 
    Boshqaruvda ragʼbatlantirish tizimini mukammal ishlab chiqilmaganligi 
    innovatsion boshqaruvni joriy qilishga qiziqishni pasaytiradi. 
    Omillarning koʻpligi, ularni muayyan belgilar boʻyicha tasniflanishini amalga 
    oshirishga imkon beradi. 
    Korxonaning tashqi omillariga quyidagilar kiradi: iqtisodiyot sohasida davlatning 
    inqirozga qarshi qaratilgan siyosati; mamlakatdagi demografik vaziyat; siyosiy 
    barqarorlik; fan va texnikaning taraqqiyoti; transport infratuzilmasini rivojlanganligi. 
    Ichki omillar korxonaning ichki muhitida, uning kichik tizimlarida (xodimlar, ishlab 
    chiqarish, marketing, sotish, moliya, tashkiliy tuzilma) shakllanadi.
    Ichki omillarni boshqarish korxonaga barqarorlikni mustahkamlashning 
    rezervlarini aniqlash va tashqi omillar oʻzgargan taqdirda, ishlab chiqarishni tezkor 
    ravishda boshqarish imkonini beradi. 
    Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirish-gacha 
    boʻlgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib oʻtish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni 
    anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtirilganlik 
    xususiyatiga ega boʻlib boradi. Mohiyatiga koʻra, korxona tomonidan boshqarishning 
    nomarkazlashtirilgan sxemasiga oʻtish obyektga, uni boshqa holatga oʻtkazish uchun 
    maqsadga yoʻnaltirilgan tashqi ta’sir sifatidagi boshqaruv tizimini ham oʻzgartiradi. 
    Noma’lum boʻlgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda 
    qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini 
    ta’minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik 
    sifatida, maqsadga yoʻnaltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega boʻlishi 
    kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir. 
    Korxonani 
    rivojlantirishning 
    tizimli 
    boshqarilishi, 
    shakllantirilayotgan 
    xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin:
    1
    Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan 
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    675


    1-rasm: Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi
    2
     
    Korxonalarni faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik 
    boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik koʻrsatkichlari hamda ishlab chiqarish 
    hajmini oshirishga xizmat qiladi. 
    Tahlil natijalariga koʻra, korxonalar innovatsion faoliyatining strategik 
    boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim koʻnikma 
    malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi 
    ma’lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, 
    boshqaruvdagi xodimlarni innovatsiyaga boʻlgan qiziqishini oshirish, ragʻbatlantirish 
    tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini oʻziga yuklatilgan vazifalarni aniq va 
    toʻliq tushunishi hamda ularni oʻz vaqtida bajarishini ta’minlash, norasmiy muloqotlar 
    darajasini kamaytirish xizmat qiladi [7]. 
    Insonning ilmiy-texnik faoliyati natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki 
    ilgari mavjud boʻlgan turlarini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayon 
    innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsiyani joriy etish natijalari kompaniyalarga 
    raqobatda muhim ustunlikka ega boʻlish imkonini beradiki, bu, korxona uchun muhim 
    ragʻbatlantiruvchi omil boʻladi. 
    Jahon tajribasi koʻrsatishicha, korxonalar ilm fandagi ilgʻor resurs tejamkor 
    ishlanmalarni joriy qilishidan manfaatdor ekanligini, ikkinchidan bu global tadbir 
    natijasida respublikamiz korxonalari salohiyatini yanada rivojlantirish orqali uning 
    investitsion 
    jozibadorligini 
    oshirish, 
    uchinchidan, 
    korxonalarda 
    chuqur 
    diversifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali barqaror va sifatli tovar 
    mahsuloti ishlab chiqarish hamda samaradorlikni tubdan oshirish imkoniyatlarini 
    yanada kengaytiradi. 
    2-jadval 
    Korxonalar rivojlanishining SWOT tahlili
    3
     
    Kuchli tomonlari 
    Kuchsiz tomonlari 
    Korxonalarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari 
    ishlab chiqilganligi 
    Korxonalarda zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirish 
    boʻyicha kadrlar yetishmasligi 
    Korxonalarda berilayotgan moliyaviy imkoniyatlar 
    Mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda 
    infratuzilmalar yetishmasligi 
    Korxonalarda eksport qilish imkoniyatlarining 
    yuqoriligi 
    Mahsulotlarni sotish va saqlashdagi muommolarning 
    mavjudligi 
    Imkoniyatlari 
    Xavf-xatar yoki tahdidlar 
    Korxonalarda mahsulot va xizmatlani 
    diversifikatsiyalash imkoniyatlari 
    Ichki va tashqi bozorlarda narx navoning oʻzgarishi 
    Ichki bozordan foydalanish imkoniyatlari 
    Jahon bozorida raqobatning kuchayishi 
    Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyati 
    Davlatlardagi iqtisodiy siyosiy vaziyat oʻzgarishi 
    2
    Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan
    3
    Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan 
    egiluvchanlik
    moslashuvchanlik
    raqobatbardoshlik
    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
    December 2023 / Volume 4 Issue 12
    ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
    676


    Respublikamiz korxonalarini barqaror rivojlanishi va boshqarishni oʻziga xos 
    jihatlari amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan SWOT-tahlil asosida baholanadi (2-
    jadval). 
    SWOT-tahlil strategik rejalashtirish usuli hisoblanib, tashkilotning ichki va tashqi 
    muhitlardagi mavjud omillarini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Ular toʻrtta kategoriyaga 
    ajratiladi, ya’ni Strengths (kuchli tomonlari), Weaknesses (boʻsh tomonlari), 
    Opportunities (imkoniyatlari) va Threats (xavf-xatarlari). 
    Keltirilgan jadvaldan koʻrinib turibdiki, korxonalar faoliyatini boshqarishda 
    kuchli tomonlar bilan bir qatorda, zaif tomonlari ham mavjud ekan. Shuning uchun 
    boshqaruv va xoʻjalik sub’ektlari rahbarlari boʻsh tomonlarga alohida jiddiy e’tibor 
    berishlari kerak, aks holda kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Oxir-
    oqibatda korxona faoliyati iqtisodiy rivojlanishning omili emas, balki uning teskarisiga 
    aylanishi mumkin. 
    XULOSA 
    Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish 
    uchun, avvalo, boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish 
    usullarini aniq belgilab olish zarur. Yuqori sifatli va raqbotbardosh mahsulotlarni eng 
    kam xarajatlar asosida ishlab chiqarish eng koʻp daromad olishni ta’minlab, inqirozga 
    uchrashdan saqlaydi hamda har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
    Boshqaruvning barcha vazifalari ushbu maqsad amalga oshishiga xizmat qilishi lozim. 
    Boshqaruvning samaradorligiga koʻp jihatdan korxona oldiga qoʻyilgan maqsadlar va 
    bajariluvchi vazifalarning oʻzaro munosabatlari yordamida erishiladi.

    Download 347,26 Kb.
      1   2




    Download 347,26 Kb.
    Pdf ko'rish