www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
111
KIRISH
Tog’-kon korxonalarining ko'p yillik amaliyotlari shuni ko'rsatadiki, karyer
bortlarining kuzatiladigan qismi modelidagi kichik harakatlar yoki o'zgarishlar
deyarli
har doim ularning buzilishi oldidan bir necha soat oldin paydo bo'ladi. Ishchi
xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ishonchli ta'minlash
va karerlarda
uskunalardan foydalanish uchun ular chuqurliklar va bortlar siljishini monitoring qilish
va nazorat qilish uchun kompleks tizim bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Bunday
tizimning asosiy elementlaridan biri radar monitoring tizimi bo'lib,
u eng kichik
deformatsiyalarni va siljishlarni aniqlashning maksimal samaradorligi hamda
ishonchliligini ta'minlaydi [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Eng ilg’or texnologiyalar orasida Reutech Mining kompaniyasi MSR radar (1-
rasm) (Movement & Surveying Radar) dan foydalanishga asoslangan radar kuzatuvlari
mavjud. Stellenbosch (Janubiy Afrika) shahrida
joylashgan Reutech Mining
kompaniyasi 25 yil davomida radar tizimlarini ishlab chiqish va qo'llash bilan
shug’ullanadi. Hozirgi vaqtda kompaniya 160 muhandis va texnik xodimga ega bo'lib,
ishlab chiqarish ISO 9001 standartiga mos keladi [2]. Kompaniyaning mijozlari xalqaro
va mahalliy mudofaa va tog’-kon korxonalari edi.
1-rasm. MSR 300 radarining umumiy ko'rinishlari
MSR radarlari o’rganilayotgan nishablikka (karyer pog’onalari, pog’ona
nishabligi)
kirishni talab qilmaydi, chunki ular uzoq va qisqa masofalarda yuqori
skanerlash tezligi bilan ishlay olishi mumkin – tun-u kun har qanday ob-havo sharoitida
(shu
jumladan, yog'ingarchilik vaqtida). Masalan, MSR 200 1200 m masofada, MSR
300 esa, 2500 m masofada ishlashi mumkin [3]
MSR tizimining radiolokatori karyer bortlari va pog’onalari yonbag'irlarining
harakatini (1 mm dan kam harakatlanishni aniqlash) kuzatib boradi va o'z vaqtida signal
xabarini yetkazadi. Shu sababli, karyer ishchi-xodimlari va texnikalari oldindan xavfli
hududdan chiqarilishi mumkin. Odatda, radiolokator birinchi
navbatda geomexanik
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5