«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.09.2022
Hajmi0.65 Mb.
#25540
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ona-tili-darslarini-o-qitishda-zamonaviy-metod-kakografiya-usulidan-foydalanish (1)
«Ona tili» 5-sinf sana Sinf Mavzu til-ijtimoiy hodisa darsnin, кичик гурух бадан тарбия (Lotincha), delphi dasturlash tili , Asosiy genetik tushunchalar va qonuniyat., Путевой лист, buyruq word variyant, Immatrikulationsbescheinigung Safarov Sardor, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, PERSON WHO MOTIVATED ME TO CHOOSE MY PROFESSION These days, XDusyarov Ilmiy ishlar ro\'yxati, Jamiyat, Davlat va huquq, Axborot tex ISHCHI 2-kurs, Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usul, Mavzu. Integrallarni taqribiy hisoblashda Nyuton-Kotes formulala
218
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va 
undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida an’anaviy usullardan 
tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. 
Keyingi yillarda breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov, 
klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180-
bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir.
Kakografiya so‘zi lotincha kakos – yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos – yozmoq 
so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni 
tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik 
va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet]. Rus tilida какофонический, 
какофония degan so‘zlar mavjud bo‘lib, ularga lug‘atlarda quloqqa yoqmaydigan, 
yoqimsiz, nosoz, g‘aliz; uyg‘unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig‘indisi degan izohlar 
beriladiki, bu so‘z semantikasiga salbiy baho yuklaydi [3, 414-bet]. Shunga ko‘ra, 
kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga 
o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik 
hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, 
narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng 
muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular 
bo‘yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik, 
beparvolikni yo‘qotib, dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik 
kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.
Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari bilan 
bog‘liq amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, 
o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach, 
“Mustahkamlash darslari” yoki “Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi 
farqqa qaratiladi.
Tajribadan ma’lumki, o‘quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini 
puxta o‘zlashtirmaydilar. So‘larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. 
Shuningdek, o‘quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga 
soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga, 
so‘zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, 
orden, obod, marvarid, shanba, mas’ul, daryo kabi so‘zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, 
tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma’sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu 
asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Download 0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3

Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish