www.scientificprogress.uz




Download 441,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2023
Hajmi441,98 Kb.
#118215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xorij davlatlarini ta’lim tizimi (aqsh, yaponiya, germaniya miso

www.scientificprogress.uz
 
Page 262
ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham 
chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag` 
miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. 
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p 
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. 
Fransiya, AQSh, Yaponiya ta`lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va 
xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. 
Ular faoliyatini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta`lim instituti 
muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish 
va qayta qurishga qaratilgan. 
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar 
doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’kuv 
setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish ta`lim 
oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. “Yangi dunyo”ning pedagogik g’oyalari 
Fransiya va Germaniya ta`limiga xam sezilarli ta`sir etdi. 
Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab 
olinadigan kimyo, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv Dasturlari ham amalga oshirildi. 
Bu o’kuv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va 
gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. 
Fransiya boshlang’ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda 
matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat 
ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo’linadi. 
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan 
bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir qator farqlar ko’zga 
tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar 
majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, 
umumiy ta`lim maktablarining yangi musiqa ta`limi o’quv dasturiga milliy va jahon 
mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan. 
Shuni ta`kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy 
ilmiy ta`lim dasturi tarkibiga fizika, kimyo, biologiya, ba`zi hollarda astranomiya, 
geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va 
Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv 
predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. 
Fransiyada 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va 
gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi. 
Xozirgi 
paytlarda 
rivojlangan 
mamlakatlar 
o’kuv 
dasturiga 
integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirishdi. 
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta`lim ishini tabaqalashtirish 
muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta`limni 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 441,98 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 441,98 Kb.
Pdf ko'rish