Scientific progress volume ǀ issue ǀ




Download 441,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.12.2023
Hajmi441,98 Kb.
#118215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xorij davlatlarini ta’lim tizimi (aqsh, yaponiya, germaniya miso

AQSh TA`LIM TIZIMI 
Amerika Qo’shma Shtatlarida ta`lim tizimining tuzilishi quyidagicha: 
Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya 
muassasalari; 
1 -8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 
13 yoshgacha o’qiydilar); 
9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan 
bolalar ta`lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 264
Amerika Qo'shma Shtatlarida navbatdagi ta`lim bosqichi oliy ta`lim bo’lib, u 2 
yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir.AQShda majburiy ta`lim 16 
yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o'quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida
xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. 
Amerikada 3 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, 
lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa “Kinder garde” deb 
ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta`lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan 
to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda 
umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga 
ko’chish ta`lim oluvchining o’zlashtirganlik darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta`lim 
turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli hil to’garaklar, 
uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq 
to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 
Sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. O’rta 
maktablarda quyidagi to’rt yo’nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi: 
Kasb-hunar ta`limi; 
Biznes ta`limi; 
Savdo va sanoat ta`limi; 
-qurilish ta`limi. 
Oliy ta`lim esa quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 
Kichik mutaxassis 2 yillik kollejlar. 
Bakalavr 4 yillik kollejlar. 
4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgandan so’ng, 1-2 yillik magistr maktabi. 
5.Doktorantura. 
Oliy ta`limda ikki yo’nalish mavjud: 
Ta`limni individuallashtirish 
Talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish. 
Pedagog yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq 
qildirish va mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, AQSh o’rta maktablarida 
o’z ta`lim oluvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-h unar, umumiy 
yo’nalishlarda bilim beradi. 
AQShda har bir ta`lim oluvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan 
attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida xujjat topshirgan pedagoglar yuqori o’rta 
maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan oo’tkaziladi. 
O’g’il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi. 
Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari 
(kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 441,98 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 441,98 Kb.
Pdf ko'rish