• Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari
  • www.scientificprogress.uz




    Download 441,98 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana14.12.2023
    Hajmi441,98 Kb.
    #118215
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xorij davlatlarini ta’lim tizimi (aqsh, yaponiya, germaniya miso

    www.scientificprogress.uz
     
    Page 263
    tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Ta`lim oluvchilarni tabaqalashtirib 
    o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta`lim kursidan keyin amalga 
    oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta`lim jarayonida sinf ta`lim oluvchilarini uch 
    tabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. 
    Bular quyidagilar : 
    1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan 
    ta`lim oluvchilar. 
    2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil ta`lim 
    oluvchilar. 
    3.Gegeron — barcha predmetlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan ta`lim 
    oluvchilar va hokazo. 
    Germaniya maktablarida sinfda ta`lim oluvchilar sonini qisqartirish sari yo’l 
    tutilgan. Bunday ta`lim oluvchilarni – har biriga individual paketlar (topshiriqlar) 
    tarqatiladi. Topshiriqlarni ta`lim oluvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u 
    pedagogdan konsultatsiya oladi. 
    Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari : 
    Maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish. 
    Ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish. 
    Tarbiyaning yangi formalarida – ta`lim oluvchilar kengashi, maktab 
    kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish. 
    Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini 
    mustahkamlash, takomillashtirish. 
    Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish 
    ishlarini qayta tashkil etish. 
    Tabaqalashtirib o'qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (ham 
    talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif ta`lim oluvchilar uchun) rivojlantirish. 
    Yangi, ya`ni o'quv texnik vositalarini ta`limdagi salmoqni oshirish, pedagoglar 
    korpusida kompyuter ta`limini yo’lga ko’yish. 
    Pedagogik g’oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment tadqiqotlarni 
    amalga oshirishdan iboratdir. 

    Download 441,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 441,98 Kb.
    Pdf ko'rish