www.scientificprogress.uz




Download 499.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana11.01.2024
Hajmi499.51 Kb.
#135218
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi
HamdamovAyyubxon, ma\'lumotlar tuzulmasi va algaridimlar amaliy ish - 1, Ma\'lumotlar bazasi mustaqil ish -3, Ma\'lumotlarni saralash algoritmlari. Saralash tushunchasi va uni-kompy.info, Mashinali o\'qitishga kirish 21-ma\'ruza Nosirov Kh, Mashinali o\'qitishga kirish 1-ma\'ruza Nosirov Kh (1), Asosnoma Quraqov S.A., Haydarqulov Shohzod, OR-5.51.02.02-Elektr atansiyalari tarmoqlari va tizimlari, lab5power point, Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash fanidan test savollari , 8-sinf mavzulashtirilgan testlar, menejment tex
www.scientificprogress.uz
 
Page 101
ya’ni, u inson bajara oladigan vazifalarni bajarishi mumkin. Umumiy sun’iy intellekt 
insonning fikrlash qobiliyatini nusxalash imkoniyatiga bo‘lib, u ma’lumotlarni olish, 
ma’lumotlar oqimidan kerakli axborotlarni olish, muammoning turli yechimlarini 
taqqoslash, tez o‘rganish, to‘plangan tajribadan foydalanish kabi ishlarni amalga 
oshiradi. 
Sun’iy superintellekt (artificial superintelligence, ASI). Bu toifadagi sun’iy 
intellekt deyarli barcha sohalarda, shu jumladan ilmiy ixtirolar, umumiy bilimlar va 
ijtimoiy ko‘nikmalarda inson aql-idrokidan ustun bo‘lgan dasturiy-apparatli 
kompleksdir. 
Hozirgi vaqtda insoniyat sun’iy intellekt elementlarini turli sohalarda 
muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda: 

o‘z yo‘lidagi turli to‘siqlarni anglaydigan va ularga nisbatan harakatni 
amalga oshiradigan, o‘z-o‘zini boshqaradigan (avtopilotli) mashinalarni 
ishlab chiqishda; 

berilgan marshrut bo‘ylab mustaqil ravishda harakatlanadigan uchuvchisiz 
uchish apparatlarini ishlab chiqishda; 

ovozli buyruq yordamida marshrutni aniqlovchi navigatorlarda; 

elektron pochtalarni saralashda foydalaniladigan spam-filtrlarni qo‘llashda; 

tarjimon dasturlarda; 

matnni, ovozni va videoni anglash tizimlarida, matnni ovozli xabarga 
akslantiruvchi dasturlarda va boshqa yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda. 
Sun’iy intellekt haqida so‘z ketganda bizdan sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish va 
sun’iy neyron tarmoqlari kabi tushunchalarni yaxshi tushunib olish talab etiladi. Shu 
bilan birga bu atamalarning bir-biri bilan bog‘liq qanday jihatlari borligi haqida aytib 
o‘tishimiz zarur. 
Sun’iy intellekt (artificial intelligence, AI). Sun’iy intellekt bu aqlli mashinalarni 
yaratish texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, u super kompyuterlarda, 
personal kompyuterlarda, smartfon yoki boshqa hisoblash qurilmasida ishlay oladigan 
dasturiy ta’minot shaklida amalga oshiriladi. Sun’iy intellekt bir so‘z bilan aytganda – 
bu apparat va dasturiy ta’minot majmuasi hisoblanadi. Sun’iy intellekt tizimlari 
hisoblash ishlari bilan bir qatorda insonga xos bo‘lgan ba’zi ijodkorlik funksiyalarni 
ham bajara oladi. 
Mashinali o‘qitish (machine learning) ning sun’iy intellekt sohasining qism bo‘limi 
bo‘lib o‘rganuvchi algoritmlarni qurishning turli usullarini o‘rganadigan sohasidir. 
O‘rganuvchi algoritmlar – bu kirish ma’lumotlari va yakuniy natijalarga bog‘liq 
ravishda o‘zgaradigan (o‘rgatiladigan) algoritmlar tushuniladi. Mashinali o‘qitish juda 
keng qamrovli bilimlar sohasidir. Chunki, “o‘qitish” tushunchasini turli xil talqin 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 499.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 499.51 Kb.
Pdf ko'rish