www.scientificprogress.uz




Download 499.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana11.01.2024
Hajmi499.51 Kb.
#135218
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sun-iy-neyron-tarmoqlarni-umumiy-tasnifi
HamdamovAyyubxon, ma\'lumotlar tuzulmasi va algaridimlar amaliy ish - 1, Ma\'lumotlar bazasi mustaqil ish -3, Ma\'lumotlarni saralash algoritmlari. Saralash tushunchasi va uni-kompy.info, Mashinali o\'qitishga kirish 21-ma\'ruza Nosirov Kh, Mashinali o\'qitishga kirish 1-ma\'ruza Nosirov Kh (1), Asosnoma Quraqov S.A., Haydarqulov Shohzod, OR-5.51.02.02-Elektr atansiyalari tarmoqlari va tizimlari, lab5power point, Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash fanidan test savollari , 8-sinf mavzulashtirilgan testlar, menejment tex
www.scientificprogress.uz
 
Page 103
bosqich jarayonida turh xil oʻyinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot 
maydoni hisoblangan. 
O‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell va Saymon yaratgan dasturlarini inson 
fikrlashini (tafakkurini) modellashtirishini ta’kidlashgan. 70-yillar boshida ular bunga 
o‘xshash ko‘plab ma’lumotlarni chop etishdi va fikrlashni (tafakkurni) 
modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy usulini taklif etishdi. Nyuell va 
Saymonning ishlari ko‘pchilikni jalb qilgan bir paytda Massachusets texnologiya 
instituti, Stenford universiteti va Stenford tadqiqotlar institutida tadqiqotchilar guruhi 
tomonidan Sun’iy intellekt tizimlari sohasidagi tadqiqotlarda masalani yechish yoʻli 
matematik va belgilar mantiqi asosida rivojlandi. 
Sun’iy intellekt tizimlari sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyutsiyalar 
usuli katta ta’sir etdi. Bu usul predikatlar mantiqidagi teoremalami isbotlashga 
asoslangan va isbotlashning mukammal usuli hisoblangan. 60-yillar oxiriga kelib turli 
xil o‘yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar kabi tadqiqotlami sun'iy muhitlarda 
emas, balki real muammoli muhitlarda qooʻlashga harakatlar qilindi. Sun’iy intellekt 
tizimlarining real muhitlarda ishlashini tadqiq qilish integral robotlami yaratish 
masalasiga olib keldi. Bunday ishlarning o‘tkazilishini Sun’iy intellekt tizimlari ustidagi 
tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin. 
70-yillar o‘rtalarida Stenford universiteti, Stenford tadqiqotlar instituti va boshqa 
bir qancha joylarda laboratoriya sharoitida ishlaydigan robotlar yaratildi. Bunday 
tajribalarning o‘tkazilishi bir qancha muammolami hal qilishni talab qildi. Bunday 
muammolarga bilimlami namoyish etish, ko‘rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy 
tilda muloqot qilish kabilar kiradi. Bu muammolar tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq 
ifodalangan vazifalarni qo‘ydi. Bu davr Sun’iy intellekt tizimlarini tadqiq etishning 
uchinchi bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilardan oldiga qo‘yilgan 
masalani real muhitda o‘zi yechadigan muqobil ishlaydigan tizimni emas, balki inson 
intellektini va EHMning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini 
yaratish masalasidan iborat edi. 
Hozirgi vaqtda raqobat kurashidagi ustunlik mamlakatning oʻlchovlari bilan ham, 
uning tabiiy resurslari bilan ham aniqlanmaydi. Endilikda buni jamiyat to‘plagan ta’lim 
darajasi va bilimlar hajmi hal qiladi. Kelajakda boshqa mamlakatlarga qaraganda yangi 
bilimlarni yarata olgan va egallagan mamlakatlargina gullab yashnaydi. Bunda asosiy 
ro‘lni yangi axborot tizimlari o‘ynasa, ularda esa sun’iy intellekt usullari va vositalari 
o‘ynaydi. 
Sun’iy intellekt tizimlari deganda fe’1 - atvori maqsadga yo 'naltirilgan qobiliyatni 
oʻzida aks ettiruvchi ixtiyoriy biologik, sun 'iy yoki formal tizimlar tushuniladi[6]. 
Oxirgisi o‘zida aloqa, bilimlami jamlash, qarorlar qabul qilish, o‘rganish, 
moslashish va boshqa xususiyatlami o‘zida namoyon etadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 499.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 499.51 Kb.
Pdf ko'rish