|
Scientific progressBog'liq ta-limda-axborot-texnologiyalariSCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1395
ko’rinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75%
ortadi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
1) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati
bor;
2) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada
ortadi:
3) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
4) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda
qo`llash imkoniyatiga erishiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fundamental
fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv
jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish
bilan shug’ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri —
axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi
lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir.
Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish
mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni
ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit
informatikasi, professional axborot tizimlari. Multimedia tizimining paydo bo’lishi
ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika,
biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga
kelishiga olib keldi.
Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan
bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash
multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach to’liq ma’noda
amaliyotga joriy etilib boshlandi. Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash
quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
• o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga
chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga
qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi,
o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);
• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir
shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni
individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini
tan olish;
|
| |