Scientific progress




Download 424,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.11.2023
Hajmi424,67 Kb.
#108891
1   2   3   4   5
Bog'liq
ta-limda-axborot-texnologiyalari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1396
• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va 
rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun 
hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan 
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish. 
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish 
jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali o’quv 
vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng 
ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, 
ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik 
modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim 
oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini 
(motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil 
turdagi 
multimediali 
o’quv 
axborotlarining 
uyg’unlashuvi, 
interfaollik, 
moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim 
texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning 
boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan 
hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli 
axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni 
taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan 
sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi, foydalanuvchining 
muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish 
tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan 
foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim 
etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar va 
qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining 
barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim 
oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi. 
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim 
strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim 
oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan 
shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki 
animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda 
ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy 
emosional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim 
yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul 
qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan 
foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa 



Download 424,67 Kb.
1   2   3   4   5




Download 424,67 Kb.
Pdf ko'rish