• Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
  • Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar




    Download 97.49 Kb.
    bet2/6
    Sana18.05.2023
    Hajmi97.49 Kb.
    #61325
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    M5oHOClqqMnkLJr3udOD4BuLsypk kK6

    Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

    • Pul mablag’larini iste’mol qilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar
    • Investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan (investitsion) qarorlar
    • Moliyalash-tirish to’g’risidagi qarorlar
    • Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog’liq
    • qarorlar
    • Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    • Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga yo‘naltiradi. Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.
    • Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi.
    • Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga joylashtiradilar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.

    Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

    • Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat subyekti firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajmda bo‘ladi. Bunda, bir tarafda bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi tarafda – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya deb ataladi.
    • Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapitalga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapital hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi.

    Download 97.49 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 97.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

    Download 97.49 Kb.