|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 168/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiMuqobil javob
|
Muqobil javob
|
Muqobil
javob
|
1.
|
K.Yung bo‘yicha kollektiv ongsizlikni tashkil etuvchi birlamchi psixik tuzilma nima deb nomlanadi?
|
Arxitep
|
O‘zlik
|
Soya
|
Ego
|
2.
|
K.Yung bo‘yicha kollektiv ongsizlikni tashkil etuvchi
birlamchi psixik tuzilma:
|
arxitep
|
o‘zlik
|
soya
|
ego
|
3
|
K.Yung bo‘yicha shaxs tiplari:
|
ekstraversiya, introversiya
|
ekstrapunitiv, intropunitiv
|
ekstrapunitiv, impunitiv
|
eksternallik, internallik
|
4.
|
K.Yungning nazariyasiga ko‘ra inson shaxsining hayvoniylik tomonlarini o‘zida aks ettiruvchi arxetip:
|
soya
|
niqob
|
o‘zlik
|
ego
|
5.
|
K.Yung bo‘yicha shaxs tiplari qaysi?
|
Ekstraversiya, introversiya
|
Ekstrapunitiv, intropunitiv
|
Ekstrapunitiv, impunitiv
|
Eksternallik, internallik
|
6.
|
A.Adler bo‘yicha oiladagi nechanchi farzandning hayot stilida rakobatlashuv, o‘zining imkonmiyatlarini namoyon etish va isbotlash istagi yuqori bo‘ladi?
|
Ikkinchi (o‘rtanchi) farzand
|
Birinchi (bosh) farzand
|
Kenja (oxirgi) farzand
|
Yolgiz farzand
|
7.
|
Shaxsni himoya mexanizmini toping:
|
Ratsionallashtirish
|
Kayvoni Men
|
Libido
|
Id
|
8.
|
A.Adler bo‘yicha shaxs tiplarini ko‘rsating:
|
Boshqaruvchi, sotsial foydali
|
Ekstraversiya, introversiya
|
Amaliyotchi, siyosatchi
|
Retseptiv, ekspluatatsiyalovchi
|
9.
|
Psixoanaliz bo‘yicha shaxs strukturasining kaysi tarkibiy elementi axloqiy-etikaviy sohasini tashkil etadi?
|
"Kayvoni Men"
|
"Men"
|
"Real Men"
|
"Ideal Men"
|
10.
|
Z.Freyd bo‘yicha shaxsning psixoseksual rivojlanishning kaysi boskichi psixoseksuallikni yashirin davri hisoblanadi?
|
Latent
|
Fallik
|
Oral
|
Anal
|
20-mavzu. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va kasbga moslashish
Reja:
1. His-tuyg‘u tushunchasi va uning fiziologik asoslari.
2. His-tuyg‘uning ko‘rinishlari
3. Iroda haqida tushuncha.
4. Irodaviy fazilatlarni shakllantirish.
5. Hissiyotning buzilishlari.
Tayanch iboralar: Abuliya, istak, intilish, hissiyot, his-tuyg‘u, kayfiyat, quvonch, muhabbat, sevgi, nafrat, iroda , apraksiya, tavakkalchilik
1.His-tuyg‘u tushunchasi va uning fiziologik asoslari.
Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko‘ra, uning holati haqida fikr yuritish mumkin.
His-tuyg‘ular – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‘ularning kechishi sub’ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa to‘g‘risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro‘y beradi. Shu hollarning barchasida his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so‘z yuritiladi.
His-tuyg‘uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi (qo‘rquvdan titrash va h.k.). kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘z-o‘zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda esa, u holda affekt bo‘rondir. Kuchli zo‘riqish (ko‘z yosh to‘kish, kulish) natijasida mayda sa’i-harakatlar barbod bo‘ladi. Induktiv tormozlanish yarim sharlar qobig‘ini tobora ko‘proq darajada egallay boshlaydi, bu tafakkurning izdan chiqishiga olib keladi, qobiq osti yo‘llarida qo‘zg‘alish kuchaya boshlaydi.
Kayfiyatlar – ancha vaqt davomida kishining butun xatti- harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifodalaydi. U shodlik, qayg‘u, jizzakilik yoki muloyimlik tarzida bo‘ladi. Kayfiyatlar odatda o‘ziga-o‘zi hisob bermasligi va sust namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Asosiy hissiyotlar stress holati – inglizcha stress – tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan so‘zdan olingan qiziqish (emotsiya tarzida) – malaka va ko‘nikmalarning rivojlanishiga, ta’lim olishiga moyillik tug‘diradigan bilimlarni egallashga yordam beradiganhissiy holatdir.
Quvonch - qiziqish, hayratlanish, iztirob chekish, g‘azablanish, nafratlanish, jirkanish, qo‘rquv, uyalish – bular hissiyotning asosiy belgi va ko‘rinishlaridir. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg‘u ehtiros deb ataladi.
Muhabbat – hissiy ijobiy munosabatning ob’ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko‘rsatadigan, hamda uni sub’ektining barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo‘yadigan yuksak darajasidir.
|
| |