|
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga oid konsultatsiyalar ketma-ketligi
|
bet | 33/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi2.Yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga oid konsultatsiyalar ketma-ketligi
Kasbga oid konsultatsiya o‘quvchilarning aniq bir kasb to‘g‘risida bilimlar olish va shu kasbni egallash yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar olish hamda shu kasbni egallash yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar olish, o‘quvchi o‘zining individual qiziqishlari, layoqatlari va qobiliyatlarini aniqlashlarni o‘z ichiga oladi.
Kasbga oid konsultatsiyani etaplar bo‘yicha olib borish o‘quvchilarni ongli va asosli kasb tanlashining garovidir.
Etaplar quyidagicha:
1. Dastlabki kasbga oid konsultatsiya;
2. Kasbga oid axborot-ma’lumot konsultatsiyasi;
3. Kasbga oid boshlang‘ich shakllantirish konsultatsiyasi;
4. Kasbga shaxsni mosligini aniqlash konsultatsiyasi;
5. Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi;
6. Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi;
7. Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi;
L.A.Yovaysha klassifikatsiyasiga qo‘shilgan holda, bu kasbga oid konsultatsiya har birining mazmuni quyidagilardan iborat:
Dastlabki kasbga oid konsultatsiyani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlari, o‘qituvchilar, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha konsultant-psixolog amalga oshirishadi.
Ular o‘quvchilarni kasbga oid dastlabki niyatlari bilan tanishadilar, bu niyatlari o‘quvchilarni shaxsiy layoqatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va sog‘liqlariga qay darajada mos kelishini muhokama qiladilar. Muhokama xulosasi individual suhbat vaqtida o‘quvchiga ma’lum qilinadi: niyatning to‘g‘riligi ma’qullanadi yoki kasb-hunarga oid materiallarni o‘rganish maslahat beriladi.
Kasbga oid axborot-ma’lumot konsultatsiyasi - vaqtida dastlabki konsultatsiya natijalariga qarab axborot-professiografiya ma’lumotlar (professiogrammalar, psixoprogrammalar, xalq xo‘jaligi, xususan o‘quvchi yashayotgan iqtisodiy regionda qaysi kasblarga ehtiyojlar borligi to‘g‘risidagi axborotlar va h.k.) berib boriladi. O‘quvchi shu ma’lumotlar asosida o‘zini qiziqtirgan, jamiyatga zarur bo‘lgan kasbni tanlashga berdam bera oladi.
|
| |