• Kurs ishi uchun uslubiy asos
  • Sezgi va idrok haqida umumiy tasavvurlar reja




    Download 87,25 Kb.
    bet2/11
    Sana21.05.2024
    Hajmi87,25 Kb.
    #249191
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Sezgi va idrok haqida umumiy tasavvurlar reja-fayllar.org

    Kurs ishing vazifalari:
    Mavzu bo'yicha nazariy adabiyotlarni o'rganish;
    "Idrok" va "sezgi"tushunchalarini aniqlang;
    Ushbu aqliy jarayonlarning o'zaro bog'liqligi va farqini ko'rsatish;
    Sezgi va idrokning xususiyatlarini o'rganish;
    Kurs ishining ob'ekti: Atrofdagi voqelikni bilishni ta'minlaydigan aqliy jarayonlar sifatida his qilish va idrok etishdir.
    Mavzu-sezgi va idrok kabi aqliy jarayonlarning o'zaro bog'liqligi va xususiyatlari.
    Kurs ishi uchun uslubiy asos: Rubinshteyn S. L., Maklakov A. G., Luriya A. R., Nemov R. S., Leontiev A. N., Petrovskiy A. V. va boshqalar.
    Kurs ishining tuzilishi: Ish kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat.
    I Bob Sezgi haqida umumiy tushincha
    1.1.Sezgilarning nerv fizologik asoslari
    Ma'lumki bizni o’rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko’p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g’adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
    Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta'sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining quloqimizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi.
    Demak, sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. 1
    Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo’lishi.
    Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
    Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir.
    Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari
    Ma'lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta'sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o’rganishda I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
    Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
    periferik (reseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o’tkazadigan maxsus transformator qismi;
    analizatorning periferik bo’limining markaziy analizator bilan bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
    analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari.
    Analizatorning qobiq bo’limida reseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o’zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma'lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo’ladi. Analizatorning o’zak qismida reseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo’lib, ko’plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya'ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o’zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobiqining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o’zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.
    Tarqoq qismlar dag’al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog’liq bo’ladi.
    Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta'sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo’llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o’zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to’g’ri mo’ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta'minlaydi.

    Download 87,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 87,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sezgi va idrok haqida umumiy tasavvurlar reja

    Download 87,25 Kb.