III Bob IDROK HAQIDA UMUMIY TUSHINCHA




Download 87,25 Kb.
bet8/11
Sana21.05.2024
Hajmi87,25 Kb.
#249191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sezgi va idrok haqida umumiy tasavvurlar reja-fayllar.org

III Bob IDROK HAQIDA UMUMIY TUSHINCHA
3.1.Idrokning nerv fiziologik asosi
Idrokda har doim xususan tanish jarayoni ishtirok etadi. Tanish jarayoni qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola biladi. Mashhur rus fizologlaridan I.I.Sechenovning ta'kidlashicha, odam hozirgi idrokidan hosil bo’lgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida saqlanib qolgan obrazlar bilan taqqoslab ko’radi. Agar hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga

to’la mos kelsa, ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz ilgarigi obrazga mos kelmasa, ya'ni ayni chog’da idrok qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok jarayonida nutq va tafakkurning qatnashishi shunda namoyon bo’ladiki, har bir idrok nihoyasiga borib, hukm shaklida, ya'ni chigal gap shaklida ifodalanadi. Chunonchi odamni yoki biror idishni idrok qilayotganimizda idrokimizni, "bu piyola" deb tugallaymiz. Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar idrok jarayonida narsalarning nomini atay olmasak, ya'ni idrok qilayotgan narsalar bizga notanish qandaydir yangi narsalar bo’lsa, unday paytda idrok jarayonidagi tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida o’ylay boshlaydi.


Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda ko’rinadiki, odam o’zidan allanimalarni qo’shib, idrok qilayotgan narsasidan hosil bo’lgan obrazning mazmunini kengaytirib yuboradi. Masalan, osmondagi to’da-to’da bulutlarga qarab, ularning shaklini nimalargadir o’xshatish mumkin. Idrok jarayonida xayolning ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi.
Idrok jarayonida his-tuyg’ularning ishtirok qilishi shu idrok qilayotgan narsalarimizga nisbatan hosil bo’ladigan munosabatlarimizda ko’rinadi. Odam idrok qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Agar odam ilgari biror narsani idrok qilayotgan paytda qattiq xafa bo’lgan, kayfiyati buzilgan bo’lsa, shu narsani yana ikkinchi marta idrok qilganda yana hissiyotlarga nisbatan bo’lsa ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari idrok hissiy holatning ishtiroki yana shunda ochiq ravshan ko’rinadiki, odam qattiq qo’rqinch hissini boshidan kechirayotgan paytda idroki yanglish bo’ladi, ya'ni kuchli hissiy holat ta'sirida ayrim narsalar boshqacha bo’lib ko’rinadi. Chunonchi kechasi qorong’i ko’chada qo’rqib kelayotgan odamga ro’parasidagi to’nka pisib, poylab, o’tirgan odamga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ham " qo’rqqanga qo’sha ko’rinar" degan xalq maqoli bejiz aytilgan emas. Aksincha, odamning kayfiyati choq, xursand paytida hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib tuyuladi.
Ma'lumki, idrok sezgi a'zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a'zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim o’rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko’rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a'zosining yetakchilik rolini o’ynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan, ko’rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta'm bilish idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo’lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan, kinofilmni idrok qilishda ko’rish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga bog’liq. Ular muayyan makonda ma'lum vaqtda sodir bo’ladi. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir.
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon qisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta'm bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi.
Har bir idrok tarkibiga kishining o’tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.6
Idrokning nerv fiziologik asosi
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo’yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobiqida hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo’zg’atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo’linmalar o’zagida ana shu kompleks qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib, idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas. Jumladan, notanish xorijiy tilda aytilgan nutq boshdan-oyoq tovushlar oqimi tarzida idrok etiladi. Nutqning anglangan holda idrok etilishi, ya'ni u tushunishi uchun nutqning alohida iboralarga mohiyat e'tibori bilan so’zlarga ajratish shartidir. Ayni paytda nutqni idrok etish jarayonida tahlil bilan bab- baravar tarzda sintez qilinadi, shu tufayli biz aloqida tarqoq tovushlarni emas, balki so’zlarni va iboralarni idrok etamiz. Muvaqqat nerv bog’lanishlarining o’rnatilishi sintezning negizini tashkil qiladi. Idrokning negizi nerv bog’lanishlarining ikki turidan, bitta analizator doirasida hosil bo’ladigan bog’lanishlardan va analizatorlararo bog’lanishlardan tarkib topadi. Birinchi holat organizmga bitta modallikdagi kopleks qo’zg’atuvchi ta'sir etganda kuzatiladi. Eshitish analizatorlariga ta'sir qiladigan alohida tovushlarning o’ziga xos birikmasidan iborat kuy ana shunday qo’zg’atuvchi bo’lishi mumkin. Ushbu kompleksning hammasi bitta murakkab qo’zg’atuvchi sifatida ta'sir qiladi.
Kompleks qo’zg’atuvchining ta'siri ostida hosil bo’ladigan nerv bog’lanishlarining boshqa bir turi ham borki, ular turli xildagi analizatorlar doirasidagi bog’lanishlardan iboratdir. I.M.Sechenov narsani yoki fazoni ko’rish kinestezik, paypaslash assosiasiyalari orqali va boshqa sezgilarning assosiasiyasi orqali idrok etilishini izohlab bergan edi.
Kishidagi bog’lanishlarga albatta so’zning eshitilishi bilan obrazi ham qo’shiladiki, unda muayyan narsa yoki fazoga munosabat gavdalangan bo’ladi. Idrok negizida hosil bo’ladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari tashqi olamdagi narsalar va hodisalar xususiyatlarining ob'ektiv bog’lanishlar asosida tarkib topadi. Analizatorlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar tufayli biz idrokimizda narsa va hodisalarning buning uchun moslashgan analizator bo’lmagan xususiyatlarini (masalan, narsaning hajmi, solishtirma og’irligi) ham aks ettiramiz.
Shuning uchun ham biz idrok qilganimizda olamni sezgilarimizga nisbatan chuqurroq qilib olamiz. Bu muvaqqat nerv bog’lanishlar narsa-hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari kompleks qo’zg’atuvchilar ta'siri bilan vujudga keladi. Masalan, talaba butun bir dars jarayonida idrok qilayotganda o’qituvchini ko’radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo’zg'atuvchilar ko’rish, eshitish, muskul-harakat reseptorlarini qo’zg’aydi. Kompleks qo’zg’atuvchilarning analizatorlarning miya po’sti qismidagi yadrolarida murakkab tahlil va sintez qilishi amalga oshadi. Idrok jarayonida tahlil bilan bir vaqtda sintez ham ro’y beradi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so’z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv fiziologik asosida ikkinchi
signal tizimining muvaqqat nerv bog’lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lish jarayonini sintez asosini ikki xil nerv bog’lanishlari tashkil qildi.

Download 87,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 87,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III Bob IDROK HAQIDA UMUMIY TUSHINCHA

Download 87,25 Kb.