19
ba’zida o’zi rostlanuvchi deyiladi. Mustahkam bo’lmagan ob’ektlarda ta’sir
tugagach u qanchalik kichik bo’lishidan qat’iy nazar, boshqariladigan
koordinatalar o’zgarishini davom ettirib boradi. Bunday ob’ektlar uchun mexaniq
analogi
g o’ng tepasidagi soqqa ko’rinishiga ega (1.3-rasm, b). Impuls tugagach
soqqa muvozanat holatidan uzoqlasha boradi.
Neytral ob’ektlarda shunday ob’ektlarki ularda ta’sir tugagach muvozanat
o’rnatiladi soqqa esa dastlabki holatdan farqli bo’lib, hosil qilingan ta’sirga
bog’liqdir. Gorizontal tekislikdagi soqqa bu tipdagi ob’ektlarning mexaniq
analogidir (1.3-rasm, v). Neytral ob’ektlarni ba’zida o’zi rostlanmaydigan ob’ekt
deb nomlanadi. Lyapunov bo’yicha neytral ob’ektlar mustahkam ob’ektlarga
kiradi.
Mustahkam bo’lmagan ob’ektlar statik xarakteristikaga ega, uni tushuntirish
uchun maxsus qurilma yordamida sun’iy mustahkamlik holatiga keltiriladi. Qaysi
ob’ekt bo’lishidan qat’iy nazar uning chiziqsiz xarakteristikasidan ish tartibiga
bog’liq holda mustahkam va nomustahkam holatda bo’lishi mumkin. Ob’ektlarda
jarayonlar regulyator va tasodifiy tashqi ta’sir holatida o’rganilishi mumkin.