|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 26/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiBir vazifali OТ bir foydanuvchining aniq bir paytda aniq bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan. Bu operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir.
Ko’p vazifali OТ vaqtni multi dastur rejimida tasvirlashda EHMdan jamoa bo’lib foydalanishni taminlaydi. Bunday sinfdagi OТ ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining UNIX, OS 2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.
Тarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Тarmoqli Otlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solfris dir.
Servis dasturiy ta’minoti - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo’shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg’armasidan iborat.
Biroq, funksional imkoniyatlarga ko’ra , servis vositalarini quyidagi vositalarga bo’lish mumkin:
-foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
-ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan ximoya qiluvchilar;
-ma’lumotni qayta ishlovchilar;
-disk va tezkor xotira qurilmasi o’rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
-virusga qarshi vositalar.
OТ ning sozlovchisi bo’lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo’lib, har biri o’z vazifasini bajaradi. Biroq Utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi.OТ foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi.
Utilitalar foydalanuvchiga qo’shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo’yicha xizmat ko’rsatish ko’rinishida taqdim etadi.
Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishni ta’minlaydi:
disklarga xizmat ko’rsatish;
fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
arxivni yaratish va yangilash;
turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
kompyuterni virusdan ximoya qilish.
Bundan tashqari utilitlar virusga qarshi ximoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi.
|
| |