|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 28/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiMa’lumotlar bazasi.
Ichki mashina axborot ta’minotini yaratish uchun maxsus ADP -ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi -diskda saqlanadigan maxsus ravishda tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish ma’lumotlarni kiritish, ularni uzatish va ma’lumotlardan turlicha foydalanish,ya’ni qo’shimcha qo’shish, olib tashlash, yangilash va hokazolarni o’z ichiga oladi. MBBТning rivojlanishi ma’lumotlar bazasida axborotni aniq bir tashkil qilishdan amaliy dasturlar mustaqilligini ta’minlaydi.
Integratsiyalashgan paketlar deb umumiy vazifadagi ADP turli dasturiy komponentlarini o’zida birlashtiruvchi ADP ga aytiladi. Zamonaviy integratsiyalashgan ADPlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-matnli muxarir;
-elekton jadval;
-grafik muxxarrir;
-MBBТ;
-kommunikatsion modul.
CASE-texnologiyalar turli mutaxassislar: tizimli taxlilchilar, loyixachilar va dasturchilar ishtirok etadigan, odatda zamoaviy safarbarlikni talab etuvchi murakkab axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. CASE-texnologiya deganda AТ predmet sohasining taxlili uslubiyati, loyixalashtirilishi, dasturlashtirilishi va foydalanilishini o’z ichiga olgan axborot tizimlarini ishlab chiqishni avtomatlashtirish vositalari yig’indisi tushuniladi
6-§.Taqdimotlar yaratish texnologiyasi
Taqdimot texnologiyalari odatda ma'lum axborot bloklarini - kontentni taqdimot deb ataladigan yagona paketga bog'lash imkonini beruvchi dasturiy mahsulotlarning asosini tashkil etuvchi texnologiyalar deb ataladi.
O‘qish davrida yoki mehnat faoliyatini boshlaganimizda eng kerakli ko‘nikmalardan biri – taqdimot yaratishni bilish deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Agar bu jarayonning bir nechta muhim qoidalarini o‘rganib olinsa, taqdimotlarni tayyorlash tez va oson ishga aylanib qoladi.14
Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi. Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
|
| |